So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

Kechagi fojeadan tasirlanib... Yangiliklar

Kechagi fojeadan tasirlanib...

Sobiq jurnalist bo'lmaydi, ishoning, u sohasidan kelib chiqib yo'nalishini o'zgartirishi mumkin, ammo qalam tebratishga tortaveradi uni.

2017 yil, 20 iyul kuni Odil Ahmedovdan qisqacha intervyu olgandim. Vaziyat taqozo qilgan edi. Unda Odil shunday degan edi:

"Namanganlik istedodlar Rossiyaga ishlagani emas, o'ynagani ketishi kerak! Mana shu falsafani ilgari surishimiz kerak".

Kechagi fojea uyqu bermadi, bugun matbuotda halok bo'lganlar Namangan o'g'lonlari ekanligini o'qidim-u, soniyalar ichida Odilni gaplari miyyamni larzaga keltirdi. O'tkanlarni qaytara olmaymiz, oxiratlari obod bo'lsin. Yaqinlari bilan diydor qiyomatga qoldi. Mayitlarni yurtimizga olib kelish uchun hukumat tomonidan katta delegaciya Aktobe tomon tezkorlik bilan uchib borishdi.

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mana shu yo'qotganlarimiz haqqi-hurmati iroda ko'rsatishdi, rahmat sizlarga! Halok bo'lganlar ichida qanchadan, qancha yoshlar bor ekan. Ular ichida futbolga befarq bo'lmaganlari aniq bo'lgan. SHularning xotirasiga bugun chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatganingiz uchun rahmat!

Endi intervyuga qaytsak. Viloyatlarda bolalar futbolini yangi bosqichga olib chiqmasak bo'lmaydi. Bir nafar futbolchi topadigan daromadga, Rossiyaga ketayotgan qanchadan-qancha muxojirga ish o'rini yaratish mumkinligini o'ylab ko'ring. Yaqinda O'FF delegaciyasi tarkibida vodiyda bo'ldik. "Oltin vodiy" loyihasi asosida chiqish qildim. Ayrim "mutaxassislar" qarshimda o'tirar edi, chiday olmadim, barchasi ochiqlab tashladim. Axir vodiyda meni farzandim emas, sizlarning farzandlariz kamol topayapti. Vodiy futboli gullasa, men emas, siz boy yashaysiz, nega shuni to'g'ri tushunmayapsizlar? Yig'ilish o'z yakuniga etganidan keyin qancha vaqt o'tdi, biron kishida yana qiziqish yo'q. Hukumat darajasida etibor qaratilayotgan bir paytda, sizdakalar bilan rivojlana olmasligimizni o'ylasam achinaman.

Balki etar? Balki bolalarning haqqini o'g'irlashni to'xtatarmiz?! Kechagi voqea meni yanada tasirlantirdi, mayli yomon ko'rinay o'sha "Navbahor"ga, o'sha "Neftchi"ga lekin men axd qildim, kiraman vodiyga. Keling yaxshisi birlashaylik, 3-4 nafar muxlisni atrofga yig'ib, yaxshilar ustidan ig'vo qilishni to'xtataylik. Allaqachon sifatini yo'qotib ulgurgan futbol internatlarini sifatini oshiraylik. Keling, barcha-barchasini chetga suraylik yoki ishdan "suraylik"!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +105   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика