Sobiq agent Levandovski haqida: "U Real"ga o'tishni xohlagandi"
15 iyu 2020 15:20
Yangiliklar
Sobiq agent Levandovski haqida: "U Real"ga o'tishni xohlagandi"
Oldin "Bavariya" forvardi Robert Levandovskiga xizmat qilgan agent Cezari Kuxarski mijozining "Real"ga o'tishini xohlaganini aytdi.
"Muzokaralarning qaysidir paytida u "Bavariya" bilan shartnoma imzolashni ortiq xohlamayotgandi. Buning o'rniga "Real"ga o'tishni xohlardi, chunki u erda Ronaldu o'ynardi.
Men uni katta klubdagi asosiy hujumchi bo'lishi kerakligiga ishontirdim. U "Real"da qachondir Benzemaning o'rnini egallardi, ammo men uning boshqa jamoaga ikkinchi raqamli bo'lib o'tishini xohlamadim.
Men "Real", "Arsenal" yoki "Man Siti" bilan bo'lgan muzokaralarda buni takidladim.
Levandovski faoliyatini "Bavariya"da yakunlaydi, men unga shunday maslahat berdim. U "Bavariya"ga etiborini qaratib, rekordlarni o'rnatida davom etishi mumkin", - deydi agent.
Eslatib o'tamiz, Levandovski "Bavariya"ga 2014 yilda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar