Vinisius va "Real" o'rtasidagi shartnoma bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi
03 dek 00:57
Yangiliklar
Vinisius va "Real" o'rtasidagi shartnoma bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi
Muzokaralar 2026 yilgi jahon chempionatidan so'ng qayta boshlanishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda. Qanot hujumchisining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi. Manba malumotlariga ko'ra, 2025 yil may oyida klub va futbolchining vakillari kelishuvga yaqin bo'lishgan. Unga ko'ra, braziliyalik yiliga 20 million evro maosh olishi kerak edi. Vinisius yana 10 million evroni bonus sifatida olishi mumkin edi. Biroq, Vinisiusning vakillari "Real"ning yakuniy taklifi dastlab muhokama qilinganidan farq qiladi deb hisobladilar. Bundan tashqari, oxirgi taklif bonuslarni o'z ichiga olmagan edi.
O'z navbatida, "Real" hujumchi tomonining ayrim og'zaki kelishuvlarga amal qilmaganiga ishonch hosil qildi. Shundan so'ng muzokaralar to'xtab qoldi. Endi barchasi mundialdan so'ng yangitdan boshlanadi.
Amaldagi shartnomaga ko'ra Vinisius yiliga 17 million evro maosh olmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar