So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Slavche Voyneski: "Al Duhayl" bilan birinchi bellashuvdan zarur xulosalarni chiqardik" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Al Duhayl" bilan birinchi bellashuvdan zarur xulosalarni chiqardik"

Osiyo chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi "Al Duhayl" bilan bellashuv oldidan "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski hamda himoyachi Farruh Sayfiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ertaga bizni qiziqarli va muhim o'yin kutib turibdi. Ikkinchi davra bahslari boshlanadi. Maqsadimiz – chiroyli futbol ko'rsatish va g'alaba qozonish. SHogirdlarim va butun jamoa bilan faqat yutuq haqida o'ylayapmiz. Muxlislarimiz bizdan ijobiy natijalar kutishmoqda. 

Oldimizda turgan uchrashuvlarda zafar quchishga bor kuchimiz bilan intilamiz. "Al Duhayl" bilan birinchi bellashuvdan zarur xulosalarni chiqardik. Raqib etakchisi Edmilsonga qarshi qanday harakat qilishimizni ertaga ko'ramiz", – dedi "Paxtakor" ustozi Slavche Voyneski. 

"Biz uchun juda muhim o'yin arafasida turibmiz. Maydonda g'alaba uchun borimizni beramiz. Avvalgi bahsda raqibdan individual mahorat sohibi Edmilson yodda qoldi, u "Al Duhayl"ning eng kuchli nuqtasi bo'ldi. Kelayotgan o'yinda barchasini to'g'rilashga urinamiz", – dedi "sherlar" himoyachisi Sayfiev.

"Paxtakor" – "Al Duhayl" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi. "SHerlar" 3 turdan keyin 3 ochko to'plagan holda "D" guruhida oxirgi o'rinda borishmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика