So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  18 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Siz mashg'ulotlardan so'ng chigalyozdi qilasizmi? U qachon foyda berishidan xabaringiz bormi? Yangiliklar

Siz mashg'ulotlardan so'ng chigalyozdi qilasizmi? U qachon foyda berishidan xabaringiz bormi?

Teglar :  mashg'ulot
CHigalyozdi - zamonaviy mashg'ulot jarayonidagi eng ko'p muhokama qilinadigan mavzu.

Mashg'ulotdan keyin o'tkaziladigan ikkinchi chigalyozdi kerakligi haqidagi bahslar to'xtagani yo'q. Ko'plab professional sportchilar bunday mashqlarga jiddiy qaramaydi, hamma murabbiylar ham unda foyda bor deb o'ylamaydi, fiziologlar esa tadqiqotlarni davom ettirishmoqda.


Katta yuklamadan so'ng tiklanish mashg'ulotlari bir necha o'n yil avval paydo bo'lgan. Avvaliga u mashg'ulot oxirida o'tkaziladigan engil mashqlar edi - yugurish yoki yurish. Sportchilar ushbu mashg'ulot bilan organizmni xotirjam holatga qaytaradi.

Keyinroq sport fiziologlari bu chigalyozdi (g'arbda buni cooling down - tanani sovutish deyiladi) organizmga foydami yoki zararligi haqida ilmiy o'rganishlarni boshlashdi.



Biz ham batafsil to'xtalishga qaror qildik.


1. Barcha sport nazariyotchilari bir fikrda - chigalyozdi katta kuch sarflanadigan mashqlardan keyin foydali.


Har qanday sport turidagi katta yuklamali mashqlarning asosiy muammosi - mushaklarda kech paydo bo'ladigan og'riq. Katta tanaffusdan so'ng sportga qaytayotganlar ushbu chigalyozdini bajarishlari kerak bo'ladi.


Sport bilan jiddiy shug'ullanganlar buni yaxshi biladi, masalan, zinadan tushayotganingizdagi og'riq.


Bunday noqulaylik yuklamalardan bir sutka o'tib paydo bo'ladi. Faol jismoniy harakat davomida mushaklarda mikroyorilishlar paydo bo'ladi va organizmingizda glyukoza tushib ketadi.


SHundan so'ng tanangizda og'riq paydo bo'ladi.



2. Bir nechta jiddiy tadqiqotlar umumiy xulosa bilan yakunlangan: Og'riqlarni mushaklar tizimini tiklovchi maxsus mashqlar bilan minimallashtirish mumkin. Bu chigalyozdi.


Masalan, Tronxeym universitetidagilar qarshilik mashg'ulotlaridan (masalan, tosh ko'tarish) keyin chigalyozdi mushaklarda paydo bo'ladigan og'riqni kamaytiradi degan fikrga kelishdi.


2012 yilda ular tajriba o'tkazishdi va natija quyidagicha bo'ldi: Bazi holatlarda ushbu chigalyozdi mashg'ulotlardan avvalgi chigalyozdidan foydaliroq.


3. Avstraliyalik fiziologlar norvegiyaliklardan besh yil avval, mushaklarni cho'zuvchi mashg'ulotlardan keyingi o'tkaziladigan chigalyozdidan foyda yo'qligini aytishgan. Bu holatda og'riq hech qaerga ketmaydi.


4. 2018 yilda Bas Van Xuren va Jonatan Pik jiddiy tadqiqot o'tkazishdi (unda futbolchilar ham ishtirok etishdi) va faol chigalyozdi haqida bir to'xtamga kelishdi.


Negativ tasirlar:

- CHigalyozdi jismoniy holatingizni kuchaytirishga yordam bermaydi;

- Jarohatlarning oldini olmaydi;

- CHarchoqni yo'qotmaydi;

- Harakatlaringizni tezlashtirmaydi va mashg'ulotdan keyin mushaklar bo'shashishiga imkon bermaydi;

- Mushaklardagi og'riqni sezilarli darajada kamaytirmaydi;

- Jismoniy yuklamalardan so'ng ruxiy tiklanishga yordam bermaydi.


Ammo kam bo'lsada, chigalyozdining ijobiy tomonlari ham bor:

- Qondan laktat (glyukozani kamaytiruvchi modda) chiqib ketishini tezlashtiradi, ammo mushak terisidan emas;

- Yuklamalar tufayli paydo bo'ladigan immun tizimidagi muammolarning oldini oladi;

- Yurak qon-tomir va nafas olish tizimi tezroq tiklanishiga yordam beradi.


Asosiy xulosa: Mashg'ulotlardan keyingi chigalyozdi ko'plab ruxiy va jismoniy ko'rsatkichlar uchun juda kam foyda beradi va passiv tiklanishdan yaxshiroq.


Boshqacha aytganda - chigalyozdi qilmagandan, uni bajargan maqul. Ushbu jarayon juda oddiy:

1) Engil yugurish, tez yurish yoki velotrenajer - 5-10 daqiqa;

2) Egiluvchanlik uchun mashqlar - 5-10 daqiqa;

3) Fol regidraciya, oddiyroq qilib aytsak - tanadagi suv balansini tiklash.


Olimlar o'tkazgan tadqiqotlarga ko'ra, mashg'ulotlardan so'ng tiklanishga ko'proq yordam beradigan uslublar bor - krioterapiya (mushaklar uchun muzli vanna), basseyn yoki massaj.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика