Simone Indzagi: “VAR tizimi tufayli hozirgacha etti ochko yo'qotdik”
31 dek 2017 01:42
Yangiliklar
Simone Indzagi: “VAR tizimi tufayli hozirgacha etti ochko yo'qotdik”
“Lacio” bosh murabbiyi Simone Indzagi A seriyaning navbatdagi turida “Inter”ga qarshi (0:0) uchrashuvdan keyin o'yin haqidagi mulohazalarini bildirdi.
“Bugungi o'yinda bekor qilingan penaltini qo'shib hisoblaganda, aynan shu VAR tizimi bois biz joriy mavsumda 7 ochko yo'qotdik. Ha, bu penalti emas, qo'shilaman, lekin fakt faktligicha qoladi – aynan shu videotakrorlar tufayli mudom ochkolar yo'qotayapmiz.
Ochig'ini aytaman, bu texnologiya menga yoqmayyapti. VAR tizimi qo'llanilmaydigan Evropa ligasida o'ynash menga ko'proq yoqmoqda.Murabbiylar, muxlislar yoki OAV xodimlariga futbolchilarni golni nishonlash yoki xafa bo'lishini ikki uch daqiqa kutish qiziqarli deb o'ylamayman. SHu tufayli futbol jozibadorligini yo'qotmoqda”, deydi murabbiyi Mediaset Premium kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar