Simeone: "Atletiko" hali CHempionlar Ligasini kafolatlamadi"
09 may 2022 11:25
Yangiliklar
Simeone: "Atletiko" hali CHempionlar Ligasini kafolatlamadi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real" (1:0)ga qarshi La Liga 35-tur doirasidagi o'yindan so'ng jamoa hali CHL 2022/23 yilgi mavsumdagi ishtirokini kafolatlamaganini qayd etdi.
"Hali bizga hech narsa kafolatlanmagan - oldinda yana uchta qiyin raqib bor. Bizda ko'proq gol urish uchun etarli imkoniyatlar bo'ldi, ammo bu amalga oshmadi. Biz mavsumni yaxshiroq yakunlashimiz kerak. Yil barqaror o'tmadi, ammo muxlislar bizni doim qo'llab-quvvatlashdi. Bu juda ajoyib. Bizda ular oldida oxirigacha masuliyat bor", - deydi Simeone.
"Atletiko" 64 ochkoga ega va CHempionlar Ligasidagi ishtirokni taminlaydigan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Finishga uch tur qolganda "Betis" (58 ochko) beshinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar