Simeone: "Atletiko" bilan shartnomam ko'p jihatdan mavsumni qanday yakunlashimizga bog'liq"
29 jan 2023 12:53
Yangiliklar
Simeone: "Atletiko" bilan shartnomam ko'p jihatdan mavsumni qanday yakunlashimizga bog'liq"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid klubidagi kelajagi nimaga bog'liq ekanini aytdi.
"SHartnomam ko'p jihatdan mavsumni qanday yakunlashimizga bog'liq. Har mavsum so'nggida keyinchalik nima bo'lishini hal qilish uchun yig'ilamiz. Bu yil ham istisno bo'lmaydi", — deydi Simeone.
52 yoshli mutaxassis 2011 yildan beri "Atletiko"ni boshqaradi. Madrid klubi uning qo'l ostida ikki bor Ispaniya chempionati, Evropa ligasi va Evropa superkubogini yutgan. Jamoa ikki bor CHempionlar ligasi finaliga chiqqan.
"Atletiko" ayni damda 18 o'yindan so'ng 31 ochko jamg'argan holda, Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa shuningdek joriy mavsum evrokuboklardagi ishtirokini yakunladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar