So’nggi yangiliklar

18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  5 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  1 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  3 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  1 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  20 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  6

Sidiqov va Ribkinning transfer huquqi endi "Qo'qon-1912"ga tegishli! Yangiliklar

Sidiqov va Ribkinning transfer huquqi endi "Qo'qon-1912"ga tegishli!

O'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislaru-mutaxasislarning nazariga tushgan iqtidorli yarim himoyachi Javohir Sidiqov “Qo'qon-1912” jamoasining to'laqonli azosiga aylandi.

O'tgan mavsumda “Paxtakor” jamoasidan ijara asosida olingan Javohir Oliy ligadagi debyut o'yinini aynan “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazdi. Bosh murabbiy No'mon Hasanov unga qo'rqmasdan imkoniyat berib, chin manodagi iqtidorni kashf qildi desak mubolag'a bo'lmaydi.
O'zbekistonning turli terma jamoalarida ham o'zining chiroyli o'yinlarini namoyish qilib kelayotgan Javohir Sidiqovning transferi huquqlari endi jamoamizga tegishli bo'ldi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi uni erkin agent sifatida jamoamizga qo'yib yubordi.
SHuningdek “Paxtakor”dan ijaraga olingan darvozabon Nikita Ribkin xam endilikda huquqiy jihatdan jamoamizga tegishli bo'ldi. Klubimiz Ribkinning transfer huquqlarini “Paxtakor”dan sotib oldi.

“Paxtakor” jamoasidan ijaraga olingan yana bir futbolchi Andrey Sidorov esa, ikki tomonning kelishuviga asosan o'z jamoasiga qaytib ketdi. “Paxtakor” Andrey Sidorovni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga ijaraga berdi.

SHu o'rinda “Paxtakor” jamoasining yangi rahbariyatiga klubimiz rahbariyati va muxlislarimizning talab va istaklarini inobatga olib yuqoridagi transferlarga rozilik bildirishgani uchun, jamoamiz rahbariyati va muxlislarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Biz yuqoridagi har uchchala futbolchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz!

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика