So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

SHuxrat Muhammadiev: "Bizni 3 ta jiddiy uchrashuv kutib turibdi" Yangiliklar

SHuxrat Muhammadiev: "Bizni 3 ta jiddiy uchrashuv kutib turibdi"

"Lokomotiv" himoyachisi SHuhrat Muhammadiev navbatdagi uchrashuvlar haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuvning (Nasaf klubiga qarshi) ilk daqiqalarida hujumga o'tdik va gol kiritib olganimizdan so'ng bir oz hotirjamlikka berildik. SHuning evaziga gol o'tkazib yubordik. Lekin o'tkazib yuborilgan goldan keyin o'yinga to'liq kirishib keta oldik va yaxshi o'ynay boshladik. "Nasaf" ustidan chiroyli g'alabaga erishdik. "Nasaf" tarkibida ajoyib yoshlar jamlangan. Klub akademiyasi O'zbekistonda eng yaxshilardan biri. Akademiyadan chiqayotgan bu yoshlar Superliga baxslarida yaxshi tajriba to'plashmoqda. Ro'ziqul Berdiev jamoasi qanday tarkibga ega bo'lmasin, har doim kuchli o'yin ko'rsata oladi. Etakchi o'yinchilar jamoani tark etganiga qaramay, maydonda har bir qarich joy uchun kurash olib bormoqda.

Superliga o'zining qiziq pallasiga kirib bormoqda, barcha muxlislarni hali qiziq uchrashuvlar kutib turibdi, shu jumladan bizning oldimizda ham 3 ta jiddiy o'yin bor. "So'g'diyona", "Bunyodkor" va "Paxtakor" klublari bilan uchrashuvlarda o'zimizning kuchimizni har taraflama namoyish etishga harakat qilamiz - dedi futbolchi klub matbuot xizmatiga.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика