So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  8 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  5 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  32 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

SHunchaki malumot: Ektor Kuper bizdan kuchli hali birorta termani yutmadi Yangiliklar

SHunchaki malumot: Ektor Kuper bizdan kuchli hali birorta termani yutmadi

Kecha tunda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mag'lubiyatdan ham ko'ra jamoamiz ko'rsatgan o'yin kishi tabini xira qildi. Na hujum o'xshadi, na himoyadagi harakat. Hayronmiz, bu ketishda kuzda start oladigan rasmiy o'yinlarni qanday o'tkazamiz. 

JCH saralashida qaysi guruhga tushmaylik, baribir asosiy raqiblarimiz Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Avstraliya bo'lib qolaveradi. Biz mundialga borishni xohlasak, mana shu jamoalar bilan tengma-teng o'ynashimiz, zarur paytda yutishimiz shart. Bu jamoalarning har biri o'rtoqlik uchrashuvida o'zidan kuchli jamoani mag'lub eta oladi. 

Lekin bizga xorijlik murabbiy kelibdi hamki, hali o'zimizdan kuchli raqiblarni mag'lub eta olmadik. Bu esa futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini susaytirib yuboryapti. Kuper jamoaga g'oliblik ruhini olib kira olmayapti. Unga nimadir etishmayapti. 

Statistikaga qaraymiz, Kuper qo'l ostida terma jamoamiz 13ta o'yin o'tkazdi - 5 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 3 durang. 

Biz yutgan jamoalar: KXDR (2:0), Qatar (2:0), Ummon (2:1), Turkmaniston (4:0), Xitoy (1:0). 

Biz durang o'ynagan jamoalar: Suriya (1:1), Livan (0:0), Avstraliya (0:0). 

Bizni yutgan jamoalar: Eron (0:1), Janubiy Koreya (0:4), Yaponiya (1:2), Urugvay (0:3), Turkiya (0:2). 

Ko'rib turganingizdek, o'zimizdan kuchli hali hech kimni yuta olmadik. Qatarni yutdik-ku deyishingiz mumkin. Qatar Osiyo Kubogidagi g'oliblikdan keyin kuchayib qoldi. Lekin bu jamoani biz har doim yutib kelganmiz. 

Osiyoda bir tekis kuchli jamoalar deb ana Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Eronni aytsa bo'ladi va shular bilan o'ynab birortasini hatto o'rtoqlik uchrashuvida enga olmadik. 

Kuperning omadi shundaki, u Osiyoning eng kuchli to'rtta jamoasi bilan o'ynab ko'rdi, ammo omadsizligi shundaki hamma o'yinni boy berdi.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика