So’nggi yangiliklar

07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  0 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0

SHukurali Po'latov: "Neftchi"da qolishim borasida hech narsa deya olmayman Yangiliklar

SHukurali Po'latov: "Neftchi"da qolishim borasida hech narsa deya olmayman

Oliy liga jamoalaridan birinchi bo'lib, yig'inni boshlagan "Neftchi"ni oxirgi paytlarda ko'plab futbolchilari tark etishi haqida gapirilmoqda.
SHartnomasi tugagan futbolchilardan biri SHukurali Po'latovga sim qoqib, yangiliklarni bilishga qiziqdik.

- SHukurali, "Neftchi" hammadan birinchi mavsum taraddudini boshladi. Tatil davomida charchoqlar chiqarilgandir?
- Ha, kechadan mashg'ulotlarga kirishildi. Bugundan boshlab kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqdamiz. Hozircha hammasi yaxshi.

- Oxirgi paytlarda jamoangiz haqida ko'p gapirilmoqda. Emishki "Neftchi"ning ko'plab etakchilari kelgusi taqdirini boshqa klublar bilan bog'lamoqchi?
- Ha, biz ham bu haqda internet saytlarida o'qib turibmiz. Bilasizmi, "Neftchi" bilan amaldagi shartnomasi poyoniga etgan futbolchilar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Har bir inson o'sishga erishishni istaganidek, etakchi o'yinchilar grand klublardan kelib tushayotgan takliflarni ko'rib chiqishmoqda. Kim qoladi, kim ketadi? Bu haqda hozir sizga tayinli bir gap aytishim qiyin.

- SHaxsan sizning ham poytaxt klublaridan biriga o'tishingiz xususida gap so'zlar urchiy boshladi. Sizning ham klub bilan kelishuvingiz yakunlandimi?
- Ha, hozirda erkin agentman. Takliflar ham yo'q emas.

-  U xolda aytingchi, kelgusi taqdiringizni qaysi jamoa bilan bog'lamoqchisiz?
- "Neftchi"da qolamanmi, yoki yo'qmi bu yaqin kunlarda aniq bo'ladi. Hozircha hech nima deya olmayman. CHunki hozirgi jamoam ham shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqqan.

- Tajribali Mansur Saidovning klubdan ketayotganini eishitdik. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Saidov so'zsiz jamoamiz etakchisi edi. Futbolchilarni o'z ortidan ergashtira olardi. Qisqa qilib aytganda, haqiqiy sardor edi! Nima ham derdik, Mansur aka keyingi mavsumni OCHLda ishtirok etadigan klublarimizning birida o'ynashga yaqin turibdi. Yuqorida aytganimdek, har bir futbolchi grand klublar safida o'ynashni istaydi va shu orqali terma jamoa sharafini himoya qilishni xohlaydi.

- Aytishlaricha, G'ulom O'runov, Mirzakamol Kamolov, Zayniddin Tojiev kabi o'yinchilar dastlabki yig'inga kelishmagan?
- To'g'ri, ikkinchi davrada yangi kelib qo'shilgan futbolchilarning deyarli barchasi negadir yig'inga kelishmadi. Asosan oldingi o'yinchilar bor xolos. SHuningdek "So'g'diyona"dan (Maruf Murodov) va "Istiqlol"dan (G'ulomhaydar G'ulomov) kelgan yangilar bor.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика