So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

SHukur Po'latov: “O'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun “Navbahor”ga ketdim” Yangiliklar

SHukur Po'latov: “O'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun “Navbahor”ga ketdim”

“Navbahor” mavsum boshlanishiga yaqin tarkibini munosib o'yinchilar bilan to'ldirishga erishdi.
Baxtiyor Ashurmatov jamoasiga oxirgisi bo'lib iqtidorli himoyachi SHukur Po'latov qo'shildi. Xabaringiz bo'lsa kerak, u avvaliga “Bunyodkor”dan tushgan taklifni qabul qilib shartnoma tuzgandi. SHu sababli chempionatga tayyorgarlikni asosan “Qaldirg'ochlar” bilan olib bordi. Ammo kuchli raqobat sababli Po'latovda etarlicha o'yin amaliyotiga bo'la olmasligining ehtimoli yuqori edi. Boshqa klubda esa u bemalol o'ynab keta oladi. Xar holda futbolchidagi istedod bunga sabab deyish mumkin. Mansur Saidovdan keyin “Navbahor”ga o'tgan Po'latov bir qator savollarimizga javob qaytardi.

- Siz ham “Bunyodkor”ni tark etib “Navbahor”ga o'tdingiz. Bunday o'zgarishga tayyormidingiz?
- Mirjalol aka Qosimov bilan hammasini gaplashib oldik. Bu erda qolib o'yin amaliyotisiz qolib ketishim mumkinligini hisobga olib undan boshqa jamoada etarlicha to'p surganim yaxshiroq. Bu borada bosh murabbiyga tushuntirdim va “Navbahor”da o'ynab turishim mumkinligini aytdim. CHunki Baxtiyor Ashurmatov meni o'z klubiga taklif qilgandi. Mirjalol Qo'shoqovich esa yarim yil o'ynab turishim sharti bilan rozi bo'ldi. SHu sababli ijara asosida bu erga keldim. Yosh bo'lganim uchun zahirada qolib ketsam salbiy tasir qilishi mumkin. “Navbahor”da to'p surib o'yin amaliyotiga ega bo'lib tursam yozda yana qaytib borishim mumkin.

- Sizgacha ham klubni ayrim o'yinchilar tark etishdi. Keyinchalik siz ham shunday holatga tushib qoldingiz. Aytingi, bunday vaziyat siz bilan ham yuz berishini sezganmidingiz?
- Qolaman deb o'ylagandim. “Bunyodkor”ning yig'inlarida to'liq qatnashdim va nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushdim. Baribir menga ham imkoniyat berilishini bilardim. Bilaman, hamma jamoada raqobat bor, ammo “Bunyodkor”da haddan tashqari yuqori. SHunga qaramasdan klubga o'zimga ishonib kelgandim. Mendan tashqari jamoaga himoyachilar Bobur Akbarov va ukrainalik Sergey Simonenko ham kelishdi. Lekin murabbiylar meni o'z holimga tashlab qo'yishgani yo'q. Ular etiborsiz qilishmadi va men bundan xursand bo'ldim. “Navbahor”ga borib o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishimni murabbiylar ham maqullashdi.

- “Bunyodkor”da qolishingiz ham mumkindimi?
- Albatta qolishim mumkin edi. Axir “Bunyodkor”ga yaxshi niyatlar bilan o'ynash uchun kelganman. Lekin boya aytganimdek, o'ynash uchun imkoniyatim kamroqligini sezdim. Superkubok o'yinidan avval ham ketishim mumkin edi. Mirjalol Qo'shoqovich “shoshmay turgin” deb aytgandi. Mavsum boshlanishiga oz fursat qolganida bosh murabbiy ketishimga ruxsat berdi.

- O'zingiz aytganingizdek, “Bunyodkor”ga yaxshi niyatlar bilan kelgansiz va mavsumni ushbu klubda boshlamoqchi edingiz. Lekin 2014 yilni bu erda emas, Namanganda boshlashingiz malum bo'ldi.
- “Navbahor”ni ham yaxshi jamoa deb hisoblayman. “Bunyodkor”da o'ynamasdan o'yin amaliyotim yo'qolardi va bundan ko'ra boshqa jamoaga borib to'p surganim o'zim uchun ham to'g'ri qaror edi. Namanganda o'zimni ko'rsatish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'laman. Asosiysi, hali yoshman, tajribamni bemalol oshirib vaqti kelganda terma jamoada to'p surish niyatim bor. O'z ustimda tinmasdan ishlashim shart. Yana bir maqsadlarimdan biri faoliyatimni xorijda davom ettirishdan iborat. Buning uchun men doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lib turganim yaxshi.

- Nima uchun aynan “Navbahor”? Balki Mansur Saidovni u erga ketgani sizga tasir qildimi yoki buning boshqa sababi bormi?
- Boshqa jamoalar ham Mirjalol Qosimovdan meni so'rashgan ekan. Hamma gap murabbiylarga bog'liq. Baxtiyor aka Ashurmatov meni jamoamga kerak deb ishonch bilan so'ragani uchun men ham rozilik berdim. Bizga keraksak, agar xohishing bo'lsa kelgin deyishdi. Mirjalol Qo'shoqovich taklifga rozi bo'lgach men ham “Navbahor”ga qo'shilishga tayyor ekanligimni bildirdim.

- Qiziq, sizga qaysi klublar qiziqish bildirishdi?
- Mening o'zimga “Neftchi” taklif bilan chiqdi. Ular bu borada Mirjalol Qosimovga ham murojaat qilib agar imkoni meni qaytarishmoqchi bo'lishdi. Murabbiy esa “Navbahor”da o'yin amaliyotimni ushlab turishimni aytdi.  

- “Neftchi”ga qaytishni xohlamadingizmi?
- Nega, axir?! “Navbahor”ga o'tishim nasib qilgan ekan shunday bo'ldi. Ammo “Bunyodkor”da qolganimda ham albatta maydonga tushib o'ynash uchun imkoniyatim bo'lardi. Lekin “Navbahor”ga qo'shilganimdan ham xursandman. Murabbiylar va futbolchilarning ko'pchiligi men uchun tanish. Hozircha yarim mavsum o'ynab turaychi, u yog'i bir gap bo'lar. “Neftchi”ga qaytish birgina mening ixtiyorimda emas. CHunki men “Bunyodkor” azosiman. SHuning uchun bu klub nima desa shu bo'ladi. Aslida “Qaldirg'ochlar”ga chempionlar Ligasida to'p surish uchun ham kelgandim. Lekin jamoada raqobat o'ta kuchli. Lekin hozirgi paytda hamma klublarda o'ziga yarasha raqobat oshib bormoqda. Har qanday holatda ham futbolchiga o'yin amaliyoti kerak bo'ladi. Mening endigi maqsadim “Navbahor” rahbariyati, murabbiylari va muxlislarining ishonchini oqlashdir. Agar bu narsani uddalay olsam xursand bo'laman.  

- Yangi jamoangizga qanday moslashib olmoqchisiz?
- Yangi jamoaga qo'shilganda hamma uchun o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi. Namanganga yaxshi niyatlar bilan keldim. Nasib qilsa tez orada ko'nikib ketaman. Hech narsa osonlik bilan yuz bermaydi.

- Aytingchi, “Navbahor”ga o'tishingizda Mansur Saidovning ham hissasi bo'ldimi?
- Nafaqat Mansur Saidov balki, boshqalarning ham xissalari bo'ldi. Jamoada men uchun begona insonlar yo'q. Baxtiyor aka Ashurmatov “Navbahor” misolida yaxshi jamoani tashkil qildi. Bu erda o'z o'rnimga ega bo'lishni istayman.

- Endi sizda vodiy derbisida “Neftchi”ga qarshi to'p surish imkoniyati mavjud. Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapsizmi?
- Albatta. “Neftchi” ko'z ochib qo'rgan jamoam. CHunki u erda men katta futbolga qadam bosdim. Aytishim kerakki, ularga qarshi o'yin juda qiyin bo'ladi. Biroq “Navbahor” azosi bo'lganim uchun o'z jamoamning sharafini munosib himoya qilishim kerak. Farg'onalik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi degan umiddaman.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика