SHuhrat Toshpo'latov: "Yangi murabbiy qo'l ostida “Metallurg”ning o'yin sxemasida o'zgarish bo'lmagan"
15 may 2023 22:13
Yangiliklar
SHuhrat Toshpo'latov: "Yangi murabbiy qo'l ostida “Metallurg”ning o'yin sxemasida o'zgarish bo'lmagan"
“Kurashlarga boy urashuv bo'ldi. Gollar va qizir kartochkaga guvoh bo'ldik. “Metallurg” o'z maydonida doim tartibli harakat qiladi. Tezkor gol o'tkazib yuborganimiz rejamizni buzib yubordi. SHunga qaramasdan, o'tkazib yuborilgan goldan himoyada tartibli o'ynadik va hujumdagi imkoniyatlardan unumli foydalandik. Yigitlar xarakter ko'rsatishdi va irodali g'alabaga erishdik.
Yangi murabbiy qo'l ostida “Metallurg”ning o'yin sxemasida o'zgarish bo'lmagan. Jamoa 3 nafar markaziy himoyachi bilan to'p tepmoqda. Bekobodliklarning o'yin uslubiga tayyor edik.
Birinchi bo'limda ikkita qulay imkoniyatni golga aylantira olmadik. Ikkinchi taymda 10 kishi qolgan bo'lsak ham jamoamiz jipslashgan holda kerakli natijaga erishdik”, – dedi Toshpo'latov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar