So’nggi yangiliklar

11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  1 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  1 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  4 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0

SHuhrat Toshpo'latov: "Stanoevich may oyi oxirida safga qaytadi" Yangiliklar

SHuhrat Toshpo'latov: "Stanoevich may oyi oxirida safga qaytadi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun eng muhimi bizga g'alaba zarur edi. O'yin sifati ko'ngildagidek bo'lmadi, biroq yakunda g'alabaga erishdik. Muddatidan avval navbatdagi bosqichga chiqdik. "Surxon" bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Raqib yaxshi himoyalandi. Yaratilgan vaziyatlardan birida 11 metrlik jarima zarbasiga ega bo'ldik va gol urdik. G'alabadan albatta xursandmiz.

- Bu yilgi maqsadlar qanday?

- Har yili maqsad bizda yuqori. Ham ichki chempionatda, ham O'zbekiston kubogi o'yinlarda. Musobaqalar biz uchun birinchi yoki ikkinchi darajali hisoblanmaydi. Har bir o'yinda maksimal natija uchun maydonga chiqamiz.

- Birinchi bo'limda ayrim futbrolchilarga dam berildi. Bu "Navbahor" bilan o'yinga kuch saqlash uchunmi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Biz bugun o'yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilarga ham imkoniyat berdik.

- Marko Stanoevich qachon safga qaytadi?

- U bilan o'zim gaplashganim. Bilishimcha, may oyi oxirida safga qaytadi.

- Muhammadjon Rahimov o'z imkoniyatlaridan foydalana olmayapti. Buning sababi nimada?

- Biz har bir futbolchiga imkon berayapmiz. Rahimov ham oldinda o'z o'yinlari bilan muxlislarni xursand eta oladi.

- Abduvohid Nematov o'yin qaydnomasiga kiritilmaganining sababi nima?

- Unda jarohat yo'q. Bugun unga dam olish uchun imkon berdik.

- Birinchi bo'limlar zerikarli o'tayapti. Ikkinchi bo'limdagi faollik bu tanlangan rejami?

- "Nasaf" doim hujumkor o'yin namoyish etgan. Hozir shu uslub ish berayotgan bo'lsa, demak to'g'ri bo'layapti.

- Ikkinchi bo'limda birdaniga 4 ta o'zgarish. Bunga nima sabab bo'ldi?

- O'zgartirilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishdi. Bugun bizga g'alaba zarur edi.

- "Navbahor" bilan o'yinlardagi salbiy natijalarga 7-may kuni chek qo'yiladimi?

- Biz tomonimizdan barcha harakatni amalga oshiramiz. Hammasi Allohdan, biz g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика