So’nggi yangiliklar

08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  0 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3

SHuhrat Rahmonqulov: "Boltaboevning birinchi ligada o'ynagani, unga katta foyda bermoqda" Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: "Boltaboevning birinchi ligada o'ynagani, unga katta foyda bermoqda"

O'smirlar terma jamoalari U-17 o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida vakillarimizdan Jamshid Boltaboevning o'yini boshqalarga nisbatan ajralib turibdi.
Xorvatiya bilan o'yinda hal qiluvchi golni juda ajoyib tarzda urgan Boltaboev "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Jamshid bu yil birinchi ligada "Paxtakor-2" sharafini himoya qildi. SHu bois ushbu jamoa murabbiyi SHuhrat Rahmonqulovdan Boltaboev haqida fikrlarini so'radik.

- Bilasizmi Jamshidning bu yil birinchi ligada o'ynagani, JCHda unga katta foyda keltirmoqda. CHunki birinchi ligada u o'zidan katta yoshdagi futbolchilarga qarshi to'p tepdi. Bu esa Boltaboevning o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshirib yubordi. Mana barchamiz ko'ryapmiz, Jamshid JCHda raqiblaridan hayiqmay o'ynamoqda.

- Jamshid universal futbolchi. Himoyada ham yarim himoyada ham bemalol o'ynay oladi. Bunday toifadagi futbolchilar har qanday jamoaga kerak.

- Boltaboev birinchi ligada joriy mavsumdan buyon o'ynay boshladi. Yosh bo'lishiga qaramay xarakatlari yomon emas. SHuning uchun ham u bu yilgi o'yinlarning deyarli barchasida ishtirok etdi. "Paxtakor-2"da uni himoyada va yarim himoya chiziqlarida o'ynatdik.

- Futbolchimizning harakteri ham juda yaxshi. Garchi mana bu yilgi chempionat o'yinlarida gollar urishiga qaramay, ortiqcha taltayib ketmadi. SHaxsan menga uning insoniylik jihati va o'yini yoqadi.

- JCHdan keyin ham Boltaboev har xil asossiz gaplarga quloq solmay, o'z ustida har galgidek ishlashda davom etsa kelajakda undan yanada ajoyib futbolchi chiqadi. Jamshidning kelajagi porloq.


Islombek Rustambekov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика