So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  1 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  8 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

SHuhrat Muhammadiev: "Turning ramziy terma jamoasiga kirishimni kutmagandim" Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: "Turning ramziy terma jamoasiga kirishimni kutmagandim"

Oliy liganing 15-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olgan "Nasaf"ning qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Derbi har doim keskin kurashlarga boy bo'ladi. Biroq bu o'yinda "Mashal"ning bir qator asosiy tarkib futbolchilari ishtirok eta olmaganini ham takidlab o'tish lozim. Tezkor gol kiritib olganimiz bizga qo'l keldi. Lekin birinchi bo'limda jamoamiz ko'rsatgan o'yin qoniqarli bo'lmadi. Ikkinchi taymda o'yinimizni yaxshilay oldik va yana ikkita to'p kiritdik. Bu uchrashuvdagi ishtirokimdan ko'nglim to'ldimi? To'liq qoniqmadim. Ammo kiritilgan gollarda o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Lekin bu erda nafaqat men, balki boshqa jamoadoshlarimiz ham yaxshi o'ynashdi. Men shunchaki o'z ishimni qildim. Bu vaziyatlarda menga Artur Gevorkyan ham ko'maklashdi. Umuman Ara bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunib harakat qilamiz. Turning ramziy terma jamoasiga kirishimni kutmagandim. Bu albatta yoqimli", - deydi "Nasaf" himoyachisi SHuhrat Muhammadiev.


Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 15-tur o'yini "Nasaf" - "Mashal" (3:0) uchrashuvida SHuhrat Muhammadiev ikkita golga hammualliflik qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика