So’nggi yangiliklar

23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  0 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  87 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  3 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  13 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4

SHuhrat Muhammadiev: "Maqsadimiz oliy liga va OCHLda munosib o'yin ko'rsatish" Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: "Maqsadimiz oliy liga va OCHLda munosib o'yin ko'rsatish"

Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi SHuhrat Muhammadiev "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yin yaxshi o'tdi. Raqib o'z safiga bir qator kuchli futbolchilarni qo'shib olganini ko'rdik. Ikkinchi bo'limda urilgan ikkita gol evaziga g'olib bo'ldik.

- Tarkibimizga uch nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin va Saydullo Rahmatov tezda jamoamizga qo'shilib ketishdi. Ular yangi mavsumda bizga yordam berishadi deb o'ylayman.


- Osiyo chempionlar ligasida kuchli guruhga tushganmiz. Raqiblar anoyilardan emas. "Al Ahli" qanday kuchga ekanligini o'tgan yildan juda yaxshi bilamiz. Bu yil OCHLda munosib ishtirok etishga urinamiz.

- BAAdagi yig'inda jismoniy mashg'ulotlar va bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. SHu orqali yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiramiz, - deydi SHuhrat Muhammadiev.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика