So’nggi yangiliklar

13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  0 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  1 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  44 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  11 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  20 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4

SHuhrat Maqsudov: "Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan. Kunduz kuni ham tirnoqni ichidan kir qidirishadi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan. Kunduz kuni ham tirnoqni ichidan kir qidirishadi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalambor assalomu aleykum. Bugun shunday jangovar o'yin bo'lishini bilgan edik. CHunki kubok bahslari doim yuqori ruhda o'tadi. Ikki jamoa ham bugun keyingi bosqichiga chiqish yo'llanmasini hal qilishi mumkin edi. Havotir olgan jihatim, yigitlarning ruhiyati. Avvalgi uchta o'yinni, safarda "Metallurg"ni mag'lub etganimiz qaysidir manoda xotirjamlik berdi. SHuning uchun futbolchilar bemalol harakat qilamiz, degan fikr ostida maydonga chiqishdi shekilli. Har bir raqibga hurmat bilan munosabatda bo'lish kerak.

- Dilshod Jo'raevning erta almashtirilishiga batafsil izoh bera olasizmi?

- U boshidanoq o'yinga yaxshi kirishib keta olgani yo'q. Bir nechta qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib almashtirishga qaror qildik. Buni yana ko'rib chiqamiz. 

- Balki ichki muhitga bog'liqlik joyi bordir? Negaki, Tomiva va Jo'raev penalti talashgan vaziyatdan so'ng ko'pchilikda shunday fikrlar uyg'ondi...

- Menimcha har bir o'yinda bunday vaziyatlar uchraydi. Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan. Kunduz kuni ham tirnoqni ichidan kir qidirishadi. Yil yakunida terma jamoamiz ham musobaqadan qolib ketsa, shu mavzuni axtarishlari kulguli. Hech narsa bo'lgani yo'q. Ochig'i tushunmadim. "Bunyodkor"da hammasi yaxshi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytdim. O'zimiz o'ynagan bahslardan misol keltirdim. Faqat yutaversangiz qizig'i qolmaydi. Futbolda g'alaba, mag'lubiyat, tortishuvlar bo'lishi tabiiy. Futbol shahmat emas-ku. 

- Himoyachi o'rniga Muzaffar Olimjonovni tushirdingiz. Bu hujumni kuchaytirishi kutilgandi...

- Rejamiz ham shunday edi. Oldindan yiqilishimni bilganimda ko'rpa qo'yib olardim. Bu - futbol. Afsuski, zaxiradan tushganlar o'tgan safardagidek o'yinni kuchaytira olishmadi. Haqiqiy yuragi toza inson bu narsalarni yaxshi tushunadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика