So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 2:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  2 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  10 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

SHuhrat Maqsudov: "Lutfulla To'raev terma jamoa yig'inidan jarohat bilan qaytgandi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Lutfulla To'raev terma jamoa yig'inidan jarohat bilan qaytgandi"

Superliganing ikkinchi turida "Metallurg" va "Bunyodkor" jamoalari Bekobodda o'zaro to'qnash kelishdi(1:0). Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barcha O'zbekiston ahlini yaqinlashayotgan Navro'z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. "Metallurg" jamoasini ham g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, bu endi futbol. Unda kimdir yutadi yoki yutqazadi. Omadi kelgan jamoa g'alaba qozonadi. Biz o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Darvozamizdan kutilmaganda to'p o'tkazib yubordik. SHogirdlarimdan minnatdorman. Ular oxirigacha kurashishdi ",- deydi murabbiy.

- Jamoani yangi mavsumga Marat Miftaxutdinov tayyorladi. CHempionat starti arafasida esa siz bosh murabbiyi etib tayinlandingiz. Bu siz uchun qanchalik qulay yoki noqulayliklar tug'dirdi?
- Bu haqda avvalgi matbuot anjumanlarida ham javob berib o'tgandim. Jamoaga yangi kelgan bo'lganimda boshqa gap edi. SHu klubda to'rt yildan beri faoliyat olib bormoqdaman. Bu erda hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Jamoaning o'yin uslubi saqlanib qolingan.

- "Metallurg"da murabbiylar shtabi o'zgardi. O'yin sxemasida ham o'zgarishlar kuzatildi. Bu sizga qay darajada jumboq bo'ldi?
- Murabbiyning o'zgarishi klubning ichki ishi hisoblanadi. O'yinni shunday o'tishini kutgan edik. Omad raqibga kulib boqdi.

- Lutfulla To'raevning almashtirilishi uning jismoniy holati bilan bog'liqmi?
- Lutfulla To'raev terma jamoa yig'inidan jarohat bilan qaytgandi. Buning asorati baribir o'z so'zini aytmoqda. Jarohat kuchayib ketmasligi uchun almashtirdik. Hakamlar haqida umuman gapirmayman. Ularni nazorat qiladigan qo'mita bor. Menga sariq kartochka berilgan vaziyatda shogirdimga etiroz bildirgandim. Ilgiz Tantashevni hurmat qilaman. Hakamlar ham inson, ularda ham xato bo'lib turadi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика