So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  204 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

SHri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 - 0:3 Yangiliklar

SHri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 - 0:3

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi SHri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 uchrashuvi bo'lib o'tdi.
SHri-Lankaga qarshi o'yinning 7-daqiqasidayoq vakillarimiz hisobni ochishdi. Nurillo To'xtasinov raqib darvozasiga to'p kiritdi - 0:1. Doston Ibragimov 20-daqiqada O'zbekistonning ikkinchi golini urdi - 0:2. Oradan ko'p o'tmay Sanjar Qodirqulov hisobni yiriklshatirdi - 0:3.

Ikkinchi bo'limda Jasur Abduraimov shogirdlari boshqa gol urishmadi va ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turda Butanni 7:0 hisobida taslim qilgandi.

Guruhdagi so'nggi uchrashuvni yoshlarimiz Bangladeshga qarshi o'tkazishadi. Takidlash joiz, saralash guruhi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri kelasi yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. SHuningdek, saralashning 10ta guruhi g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta ikkinchi o'rin sohiblari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.

SHri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 - 0:3
Gollar:
Nurillo To'xtasinov 7, Doston Ibragimov 20, Sanjar Qodirqulov 28
SHri-Lanka U-19: Rishad Muhammad Rasik, Jude Supan, Tevaraja Klintan, Anjana Vikrama Sigxe, Perumal Pravin, Danushka Arachchige, Niresh Sundararaj, Matxusan Resix, Muhammad Farud, Muhammad SHahil Azar, Muhammad Afam Akram.

O'zbekiston U19
: 1.Umidjon Hamroev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Husniddin G'ofurov, 4.Hushnudbek Avilov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Nurillo To'xtasinov, 8.SHarof Muhiddinov, 9.Sanjar Qodirqulov, 10.Doston Ibragimov, 11.Bobur Abduxoliqov,  14.Hojiakbar Alijonov.
Zaxira: 12.Sanjar Yo'ldoshev, 21.Akrom Xodjaev, 5.Tursunboy Rahimberdiev, 13.Jahongir Ahmadov, 16.Begzod G'anijonov, 17.Saidjamol Davlatjonov, 18.Suhrob Nurulloev, 22.Farruh Yo'ldoshev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика