So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

SHovkovskiy: “Ukraina terma jamoasi JCHga chiqishga loyiq emasdi” Yangiliklar

SHovkovskiy: “Ukraina terma jamoasi JCHga chiqishga loyiq emasdi”

Ukraina terma jamoasining sobiq posboni Aleksandr SHovkovskiy terma jamoaning Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma ola bilmaganiga o'z munosabatini bildirdi.

Andrey SHevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi kuni kecha guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvda Xorvatiga (0:2) malub bo'lib, saralash bosqchidan so'ng musobaqa bilan xayrlashdi.

“Terma jamoaning Franciyada o'tgan Evropa chempionatidagi salbiy natijasidan keyin JCH-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizlik bu natija shunchaki omadsizlik emas. Bu bizning ayni paytdagi haqiqiy ahvolimiz. Buni boricha qabul qilishimiz lozim. Bu ayni paytda bizning yurtda futbolga bo'lgan munosabatga haqqoniy baho demak.

Vaziyatdan chiqish uchun yoshlar futboli bilan ishlash tizimini tubdan qayta ko'rib chiqib, ular uchun o'quv-mashg'ulotlar bazalarini yaratish, sifatli futbol maydonlarini foydalanishga topshirish lozim. Xorijdan tajribali mutaxassilarni jalb etib, mahalli murabbiylarni Evropaning rivojlangan davlatlariga malaka oshirishga jo'natish kerak. Bu ishlarni amalga oshirib, tezlikda ulardan natija talab qilmasligimiz shart. CHunki buning "meva"sini ko'rish uchun 5-7 yil kerak bo'ladi.

Umuman bizning mamlakatda kelajak uchun ishlash mumkinmi? 5-7 yil kutiladigan loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashchi? Biz uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirib, ularning natijasini kutib tura olamizmi? Biz bugungi kun bilan yashashga o'rganib qoldik va kelajak haqida mutlaqo bosh qotirishni istamayapmiz.

 SHu holatda Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilariga minnatdorchilik bildirish lozim. Ular bizga so'nggi turgacha pley-offga chiqish umidini taqdim etishdi. Agar hammasini shu taxlit davom ettiradigan bo'lsak, ahvolimiz bundanda badtar bo'laveradi”, deya o'zining Feysbukdagi sahifasida fikrlarini bildirib o'tgan SHovkovskiy.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика