"Nyukasl" Isak uchun juda katta summa istamoqda. "Liverpul"ning “boshi qotgan”
15 iyu 23:55
Yangiliklar


"Nyukasl" Isak uchun juda katta summa istamoqda. "Liverpul"ning “boshi qotgan”
"Liverpul" hujumchi Aleksander Isakning ehtimoliy transfer talablarini bilish maqsadida "Nyukasl" bilan aloqaga chiqqan. Biroq "qizillar" Shveciya milliy terma jamoasi futbolchisi bo'yicha rasmiy taklif bildirmagan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manba malumotiga ko'ra, "Nyukasl" Isakni sotishni istamayapti. Takidlanishicha, agar "Liverpul" hujumchi uchun 116 million funt sterlingdan ko'p to'lasa, "Nyukasl" uni sotishga rozi bo'lishi mumkin - bu ular hujumkor yarim himoyachi Florian Virtcni sotib olish uchun sarflagan summaga teng. Tabiiyki, "Liverpul"ga bu kabi katta summani to'lash oson bo'lmaydi. Hozirda klubda muhokamalar davom etmoqda.
O'tgan mavsumda shveciyalik futbolchi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 27 ta gol urdi va 6 ta gol uzatmasini amalga oshirdi. Shveciyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar