So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  0 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  3 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  13 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Evro-2024. 90+10-daqiqadagi gol SHotlandiya - Vengriya o'yini taqdirini hal qildi Yangiliklar

Evro-2024. 90+10-daqiqadagi gol SHotlandiya - Vengriya o'yini taqdirini hal qildi

Evro-2024 "A" guruh 3-tur doirasidagi SHotlandiya - Vengriya o'yini bo'lib o'tdi.

SHotlandiya — Vengriya 0:1

Gol: CHobot (90+10).

SHotlandiya: Gann, Ralston, Xenli, Makkenna, Xendri, Robertson, Makgregor, Maktominey, Gilmor, Makginn, Adams.

Vengriya: Gulachi, Bolla, Orban, Botka, Dardai, Kerkez, Staylz, SHallai, Soboslai, SHafer, Varga.


Scotland

EURO Grp. A . 3-tur

24/06/2024, 01:00

1
:
0
Tugadi

Hungary

Kevin Csoboth - 90'

Stadion: MHPArena, 46685 tomoshabin

Bosh hakam: Facundo Tello

45'
90'
50'  Scott McTominay
76'  John McGinn (Stuart Armstrong)
76'  Che Adams (Lawrence Shankland)
83'  Billy Gilmour (Kenny McLean)
83'  Anthony Ralston (Ryan Christie)
89'  Andrew Robertson (Lewis Morgan)
18'  Callum Styles
26'  Willi Orban
44'  Andras Schafer
61'  Callum Styles (Adam Nagy)
74'  Marton Dardai (Attila Szalai)
74'  Barnabas Varga (Martin Adam)
75'  Laszlo Kleinheisler
86'  Bendeguz Bolla (Kevin Csoboth)
86'  Milos Kerkez (Zsolt Nagy)
90'  Kevin Csoboth
90'  Roland Sallai
90'  Kevin Csoboth


O'YIN YAKUNLANDI

90+10. GOOOOOOOLLLLLLLLLLL! Vengriya o'yinga nuqta qo'ymoqda. Kevin CHobot qarshi hujumni o'z goli bilan muvaffaqiyatli yakunladi!

90+8. Nimalar bo'lyapti! So'nggi daqiqalarda jamoalarda o'ta qulay vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Xenli bu safar darvozaga yo'l topa olmadi.

90+7. Maktominey! "Manchester Yunayted" futbolchisi o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi. Yo'q, bu vaziyatda baribir offsayd bo'lgan ekan.

90+2. Uxxxx! Qanday qilib! Vengriyalik futbolchi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

90+1. Soboslai gol urishi mumkin edi. U jarima maydonchasi ichida sherigining uzatmasidan so'ng darvoza tomonga zarba bergan edi, ammo Gann zarbani bartaraf etdi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berdi.

89. SHotlandiyada jamoa sardori Robertson maydonni tark etdi, uning o'rniga Morgan tushirildi.

86. Jarima maydonchasi ichida Orbanning boshi raqibiniki bilan to'qnashib ketdi. Hammasi yaxshi, o'yin davom etadi.

79. Uxxx! Hakam "penalti yo'q!" demoqda. Vengriyalik o'yinchi birga-bir vaziyatga chiqa turib, maysaga qulagandi.

77. Ikki jamoada ham ikkitadan o'zgarish ro'y berdi.

73. Vengriyalik futbolchi zambilda maydondan olib chiqib ketildi, unga sog'liq tilaymiz!

70. Vaziyat jiddiy, o'yinchilardan biri og'ir jarohat olgan. VAR brigadasi parallel ravishda ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.

68. Xavfli vaziyat! Soboslaining uzatmasidan so'ng SHotlandiya jarima maydonchasi ichida to'qnashuv sodir bo'ldi. Maydonda uch kishi yotibdi, shifokorlar ularga yordam ko'rsatishmoqda.

61. Vengriyada o'zgarish: Adam Nagi Kallum Staylzni almashtirdi.

56. SHallai jarima maydonchasi ichidan raqib darvoza tomon zarba berdi, ammo uning yo'nalishiga raqib to'g'anoq bo'lib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

53. Adams jarima maydonchasi tomon harakat qildi va uning tashqarisidan zarba berdi, ammo unga aniqlik etishmadi.

51. Skott Maktominey ogohlantirildi! U SHotlandiya keyingi bosqichga chiqsa, navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli o'yin uchun sariq kartochka. Hakam SHaferni hujumda qoidani buzgani uchun ogohlantirdi.

41. Uxxxx! Vengriya terma jamoasi hisobni ochishi mumkin edi. Soboslai jarima maydonchasiga yaqin joyda sherigiga uzatma ijro etdi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

35. SHallai uzoq masofadan kuchli, ammo noaniq zarba berdi.

32. Soboslai jarima zarbasidan o'z omadini sinab ko'rdi, ammo uning zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

26. Yana bir sariq kartochka! Bu safar Vengriya terma jamoasi himoyachisi Villi Orban qo'pol harakati uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

22. SHotlandiyada qulay standart vaziyat yuzaga keldi. Robertsonning jarima zarbasidan uzatgan to'pini raqib qaytarib yubordi.

18. O'yindagi ilk sariq kartochka Staylzga ko'rsatildi, u raqibga oyog'i bilan zarba berib yuborgandi.

14. Kichik ustunlik SHotlandiya tomonida. Ammo, hozircha darvozalar oldida xavfli vaziyat sodir etilmadi.

8. Ilk zarba vengerlarga tegishli, ammo Gann raqib zarbasini qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

6. Ilk daqiqalarda biror jamoada ustunlik bor deb bo'lmaydi, hozircha maydonda tashabbusni qo'lga olish uchun kurash kechmoqda.

1. O'yin boshlandi!

— Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

— Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

— Barchaga salom! Bugun sizlar bilan birgalikda "A" guruh 3-tur doirasidagi SHotlandiya — Vengriya o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика