So’nggi yangiliklar

21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  0 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  10 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  0 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  21 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  12 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15

SHota Arveladzening o'ziga xos uslubi Yangiliklar

SHota Arveladzening o'ziga xos uslubi

SHota Arveladze "Paxtakor"da ish boshlaganidan beri uning o'ziga xos ish uslubi ko'pchilik diqqatini o'ziga tortgan bo'lsa ajab emas.

Gap shundaki, gruziyalik murabbiy yangi mavsumga yoki bir davradan ikkinchisiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida ko'pincha quyi liga klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. U jamoani sekin-asta tayyorlab borib, birdaniga kuchli jamoalar bilan o'ynatmaydi.

Masalan, yozgi paytni yodga olaylik. Arveladze "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlanganida hali birinchi davra tugamagandi. U faqat Jasur Abduraimov o'z ishini tugatib qo'yishini kutdi. Oradan sal vaqt o'tib "Ayaks" klubi sobiq futbolchisi bosh murabbiylikni qo'lga olgach, "Paxtakor" ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Ikkinchi davra arafasida jamoa asosan o'zimizning birinchi liga klublari bilan o'ynadi. Avvaliga "Lokomotiv-BFK", keyin navbati bilan "NBU-Osiyo" va "Yangier". SHundan so'ng jamoa xorij yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l oldi. Turkiyada "Paxtakor" uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi: "Sebail" (Ozarbayjon) hamda Saudiya Arabistonining ikki klubi - "Al Ittifoq" va "Al Raed"ga qarshi.

CHempionatni uchinchi o'rinda tugatgan "Paxtakor" keyingi yilga tayyorgarlikni 23 dekabrdan boshladi. SHu kunlarda Turkiyada bo'lib turgan jamoa ketish oldidan o'zimizda bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Raqib esa "Oqtepa". "Oqtepa" o'tgan yil birinchi ligada qatnashmadi, jamoa endi yig'ila boshladi, shunga qaramay Arveladze ular bilan o'ynashni maqul ko'rdi. 

"Paxtakor"ning Turkiyadagi raqiblari ham nomdor emas. Xususan jamoa bugun o'ynaydigan "Turgutluspor" uchinchi liga klubi hisoblanadi. Keyingi raqib "SHanliurfaspor" ikkinchi ligada ishtirok etadi. SHuningdek, Albaniyaning "Partizani", Makedoniyaning "Vardar" klublari bilan ham o'yinlar bor.

Turkiyada bemalol nomdor klublarga qarshi sparring-o'yin o'tkazsa bo'ladi, u erda masalan Rossiya va Ukraina klublari ham yig'in o'tkazmoqda. Lekin madomiki SHota Arveladze mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoani kuchsiz jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari orqali tayyorlar ekan, demak buni uning o'ziga xos uslubi deya olamiz. Murabbiy uchun muhimi 30 yanvar kuni "Al Garafa"ni mag'lub etib "Paxtakor"ni OCHL guruh bosqichiga olib chiqsa bas.

"Paxtakor" 23 dekabr kuni yig'ilgan bo'lsa, oradan ikki-uch kun o'tib futbolchilar PFL talab qilayotgan sport normativlarini topshirishlari kerak edi. Yani, 30 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, "Yo-Yo" test deganlaridek. Lekin Arveladze futbolchilar hali normativ topshirishga tayyor emas deb qatiyan bunga rozi bo'lmadi va normativ olish uchun kelgan odamlarga bir og'iz gap bilan yo'q dedi. 

Bundan ko'rinib turibdiki, murabbiyning mavsumga tayyorgarlik o'z rejasi bor va bu jarayonda hech kim unga xalaqit berishini istamaydi. Hatto PFL ham. CHunki u biladi ertaga natija uchun o'zi javob berishini, nimadir o'xshamay qolsa hech kim SHamil Isaev boshchiligidagi normativchilardan nega bunday bo'ldi deb so'ramaydi, hamma SHota Arveladzeni savolga tutadi. SHu bois ham murabbiy hozircha futbolchilar tayyor emasligini shartta aytdi-qo'ydi. 

To'g'risi, mana shu tomonlama ham mening Arveladzega bo'lgan hurmatim oshdi. CHunki jamoada u - bosh murabbiy. Uning aytgani bo'lishi shart. Futbolchilar mavsumga tayyormi-yo'qmi, o'zi hal qiladi. Bu o'rinda bosh murabbiy ishiga hech kimning aralashishga haqqi yo'q. Negaki ko'p yillardan beri aytilib kelinayotgan gap o'sha gap: natijaga murabbiy javob beradi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика