So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

SHota Arveladze: "Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo'llab-quvvatlayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo'llab-quvvatlayman"

Teglar :  SHota Arveladze
O'zbekistonning professional futbol klublari o'rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo'yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo'yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o'zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o'zgarishlar haqida “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi – SHota Arveladze o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

- CHempionatni yangi formatda o'tkazish menga maqul tushdi. Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarliroq uchrashuvlarga guvoh bo'lishlari mumkin. SHuningdek, ikkinchi bosqichdagi har bir bellashuv deyarli finalga teng bo'ladi. Sovrinli o'rinlar uchun ham, ligada qolish uchun ham keskin raqobat yuzaga keladi.

Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo'llab-quvvatlayman. O'tgan mavsum juda issiq havoda 17:00da boshlangan o'yinlarni kuzatdim. Bunday holatda futbolchilar muxlislarga chiroyli futbol taqdim eta olishmaydi. Ishqibozlarning o'zi ham qulaylikni his qilishmaydi. Maydonlar masalasiga alohida etibor berilganini etirof etib o'tardim. Yaxshi maydonda futbol yanada chiroyliroq ko'rinish oladi.

Tartib-intizom va klublarning shakllanishiga ham katta etibor qaratilmoqda. Bu o'zbek futboli uchun katta foyda keltiradi deb o'ylayman, - dedi murabbiy.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика