So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  0 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  5 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

SHota Arveladze: “Stadiondagi muhitga gap bo'lishi mumkin emas, ammo maydon holati o'ta yomon edi” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Stadiondagi muhitga gap bo'lishi mumkin emas, ammo maydon holati o'ta yomon edi”

“Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze matbuot anjumanida qatnashdi:

- O'ylashimcha yaxshi o'yin bo'ldi. Qolaversa uchrashuv muxlislarga ham yoqdi. Kurashlarga boy futbolga guvoh bo'ldik. SHu o'rinda bunday maydonda munosib tarzda to'p surish ancha mushkul. Ammo, o'yingohdagi muhitga gap bo'lishi mumkin emas. O'zbekistondagi faoliyatim davomida bu kabi muxlislarni birinchi bor ko'rmoqdaman. Namanganlik muxlislar jamoalarini munosib tarzda qo'llab-quvvatlashdi.

- Legionerlarning o'yini haqida nima deya olasiz?
Rostin bugun “Paxtakor”dagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Gidi va Tiagolar bundandan yaxshiroq o'ynay olishadi. SHuningdek, Marko ham yaxshi o'ynadi.

- “Paxtakor”ni g'alabasiga nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Buning sababi “Navbahor” jamoasini o'zi. Raqibni jiddiy tarzda taqib qildik. Birinchi bo'limda o'yin nazoratini o'z qo'limizda saqlab turdik. Lekin, kutilmaganda o'tkazib yuborilgan gol hammasini o'zgartirib yubordi. Maydonni holati o'zimizni o'yinimizni namoyish etishimizga to'sqinlik qildi. Ochig'ini aytish kerak maydonni holati o'ta yomon darajada edi. Bunday sharoitda o'ynash ancha qiyin. “Navbahor” futbolchilari bu maydonda mashg'ulot o'tkazib, uy uchrashuvlarini shu erda o'tkazayotganliklari bois to'pni qay tarzda yo'nalish olishini yaxshi bilishadi. Har ikki jamoa ham ijobi natija uchun kurashdi va unda “Navbahor” g'alaba qozondi.

"Navbahor" matbuot xizmati

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика