So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  5 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  12 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

SHota Arveladze: "Paxtakor"ning o'yin chizgisi aniq ko'rinib turibdi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Paxtakor"ning o'yin chizgisi aniq ko'rinib turibdi"

Superliganing 10-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumaning dastlabki qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze va futbolchi Tiago Bezerra ishtirok etdi.

- Umuman olganda qiyin uchrashuv o'tkazdik.  O'yindan avval futbolchilarga "Qo'qon-1912" jamoasi yaxshi va tartibli himoyalanishi haqida suhbat chog'ida uqtirgandik. Ular ko'p gol urishmayotgan bo'lsada, o'z darvozalaridan ham kam to'p o'tkazib yuborishgan. "Qo'qon-1912" bugungi bahsga qadar atiga to'rtta gol qo'yib yuborgandi. Qo'qonliklar o'yin tashkil etishda ham yaxshi. Ularga gol urish juda qiyin yumush. Bahsni o'zimiz istagandek boshlay olmadik. Faqatgina gol o'tkazgach o'zimizga keldik. Superliga juda qiyin ligaga aylangan. Har bir tur murosasiz o'tmoqda.Har bir o'yinga jiddiy hozirlik ko'rish lozim. Superligada peshqadam bo'lish oson emas. Bu biz uchun syurpriz emas.

Men jamoa o'yinini hujumkor va himoya bilan balansni ushlagan holda yo'lga qo'yishni istayman va "Paxtakor"ning hozirgi o'yin uslubi shunday. Avvalo o'z jarima maydonchamiz oldida o'tirib qolishni istamayman. Bizda o'yin chizgisi aniq ko'rinib turibdi. "Paxtakor" doim uchrashuvni o'z nazorati ostida o'tkazishi lozim. Bizning o'yin shunga qurilgan. SHunchaki hujumlarimizni golga aylantirishda muammolar mavjud. Oxirgi zarbalarni berishda oqsamoqdamiz.

Andreevni uzoq tanaffusdan keyin asosiy tarkibga qaytgani bilan tabriklayman. Og'ir jarohatdan so'ng uzoq muddatli tiklanish jarayonida faol ishladi. Bu uning mehnatlari samarasi bo'ldi. CHunki bu kabi jiddiy jarohatdan so'ng maydonga qaytish oson ish emas. Uning yo'qligida Kozak chap qant himoyachisi vazifasida yaxshi o'ynadi. Endilikda esa o'zining avvalgi joyi - tayanch yarim himoyasiga qaytdi. Bu nuqtada Kozak deyarli bir yil oshiq vaqt o'ynamagandi. SHu boisdan ham unga bu imkoniyatni taqdim etdim. O'ylaymanki, u eski joyida yomon harakat qilmadi. Uy o'yinlari orqali uni yana eski joyiga moslashtirish nisbatan oson kechadi. 

SHerzod Azamov asosiy tarkibga kiritilgandi. Ammo o'yinoldi chigalyozdi mashqida oyog'ida og'riq sezgani bois uni almashtirishga majbur bo'ldik. O'ylaymanki, jarohati jiddiy bo'lmaydi va kelasi bahsga qadar maydonga qaytadi.

Tiago Bezerra: "Bu jamoaga qarshi qiyin bahs bo'lishi aniq edi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo ularni ko'pini qo'ldan boy berdik. Ushbu durangdan qayg'uga tushmasdan keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim"

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика