So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

SHota Arveladze: "Paxtakor" xarakter ko'rsatdi, Xavi esa master, futbol afsonasi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Paxtakor" xarakter ko'rsatdi, Xavi esa master, futbol afsonasi"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida SHota Arveladze ustozi ishtirok etdi.

"Ajoyib futbol kechasi bo'ldi, minglab muxlislar, ajoyib ob-havo. Biz futbolni yaxshi ko'radigan jamoaga qarshi o'ynadik. SHunday jamoaga qarshi o'ynash doim ajoyib. O'ylashimcha biz ham klass namoyish etdik. Yuqori saviyada o'ynay olishimizga ishonish kerak.
Bugun biz xarakter ham namoyish qildik. Ikki marta hisobda ortda qolib hisobni tenglashtira oldik. Yigitlar tezkor o'yin namoyish etishdi. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi.

Ha, raqib safida jahon yulduzlari o'ynashdi. Ammo ular bilan tengma-teng o'ynashimizga o'zimiz ishonishimiz kerak. G'alaba qozonishni o'rganish lozim. O'zbek xalqi ochiq va hujumkor o'yinni yaxshi ko'radi. Bu bizning uslubimiz va ko'plab hujum qilib g'alaba qozonishimiz kerak.



Albatta tezkor gol o'tkazganimiz doim tasir qiladi. Xavi master, futbol afsonasi. Unga yarim metr bo'sh joy qoldirsangiz etarli ekanini ko'rdik.

Eldor Suyunovning jarohati tuzaldi. SHifokorlar uni imkon qadar tez tayyorlashga harakat qilishdi. U yoshlar ligasida uchta o'yinda maydonga tushdi va biz bilan birga mashg'ulotlarda ishlamoqda. Suyunov o'yin ritmiga kirib olishi kerak. O'tkazib yuborilgan gollarda esa Quvvtovni ayblamagan bo'lardim. Xavi Kasilyas va boshqa kuchli darvozabonlarga ham gol urgan. Bu erda mahorat o'z so'zini aytdi", - deydi SHota Arveladze.

Reyting: +92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика