So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

SHota Arveladze: "Muxlislarsiz futbol qiziqmas" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Muxlislarsiz futbol qiziqmas"

OCHL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi SHota Arveladze ishtirok etdi.

Unga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Marat Bikmaev hamrohlik qildi.

"Birinchi navbatda muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularsiz nechta gol uramiz, nechta g'alaba qozonamiz o'z mazasini yo'qotadi. Raqib mavsum o'rtasida, bizda esa mavsum hali boshlanmagan. Yangi futbolchilar ko'p, hali jamoaviy o'yin shakllanmagan", - deydi SHota Arveladze.  



"Muxlislarga rahmat aytaman. Kelib bizni qo'llab turishganidan xursandman. Ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo mavsumning birinchi o'yini bo'lgani uchun ham biroz qiyin bo'ldi. Eng asosiysi g'alabaga erishdik va keyingi bosqichga chiqdik", - deydi Marat Bikmaev.



- Agar Bikmaevning zarbasi golga aylanmaganda sizning boshqa rejangiz bormidi?
- Raqiblarda o'yin davomida bitta vaziyat bo'ldi. Ular o'sha vaziyatni 0:2 vaqtida yaratishdi va gol urishdi. Muxlislar Bikmaevni almashtirishni so'rashdi, ammo oxirigacha unga ishondim.

- Jasur Yaxshiboev haqida nima deysiz?
- U mavsumoldi yig'inlar vaqtida o'zini yaxshi ko'rsatdi. Bugun ham yaxshi o'ynadi deb o'ylayman.

- Jarohat olgan uch futbolchidan qay biri "Al Nasr" bilan bahsga tayyor bo'ladi?
- Afsuski hech kim navbatdagi bahsgacha tayyor bo'lmaydi.



- Adashmasam 15 yildan so'ng "Paxtakor" klubiga qaytdingiz. Qanday hissiyotlar?
Marat Bikmaev: 
- Albatta hissiyotlarim ajoyib. Har holda futbolga mana shu klubda kirib kelganman. Yoshlar jamoasida o'ynaganman. Muxlislar meni yaxshi kutib olishganidan xursandman.

- Jamoada etakchi kim?
- Egor Krimec, Marat Bikmaev, Jaloliddin Masharipov, Sanjar Quvvatov etakchi.




Narzulla Saydullaev

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика