So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

"SHo'rtan" Toshkentdan CHorvoq tomonlarga yo'l oldi Yangiliklar

"SHo'rtan" Toshkentdan CHorvoq tomonlarga yo'l oldi

Birinchi liganing "G'arb" mintaqasida peshqadamlik qilgan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi malum muddat tatildan so'ng, yana ham aniqrog'i 22 iyuldan etiboran poytaxtda o'zining davralar oralig'idagi yig'inini boshlagan edi.

Jamoa azolari Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasida jam bo'lishdi. Dastlabki mashg'ulot "NBU-Osiyo" jamoasining uy stadionida o'kazildi. Ertasiga - 23 iyul kuni “Oq bo'rilar” jamoasining barcha azolari O'zbekiston futbol federaciyasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “Futbol-med” tibbiy birlashmasida shifokorlar nazoratidan o'tishdi. Qisqa muddatli mashg'ulotlardan keyin, kecha tushdan so'ng, jamoa CHorvoq oromgohiga yo'l oldi. Tog'li hududda murabbiylar guruhi  futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha ish olib borishadi. Rejaga ko'ra g'uzorliklar CHorvoqda 6 kun davomida shug'ullanishadi va so'ngra yana Toshkentga qaytishadi. Bu orada "SHo'rtan" jamoasining sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi ham ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, 27 iyul kuni "Neftchi" va 30 iyul kuni "Navbahor" jamoalari bilan kuch sinashiladi.

Hozircha, tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergani yo'q. Birgina Muqim Toshmatov jamoa lagerini tark etdi. Birinchi bosqichda asosan zaxirada o'tirgan futbolchi ayni damda Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика