So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"SHo'rtan": Stadionda boshlangan bayram, hali davom etadi Yangiliklar

"SHo'rtan": Stadionda boshlangan bayram, hali davom etadi

Joriy yilgi musobaqada G'uzorning SHo'rtan jamoasi g'olib chiqdi – Oq bo'rilar turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi - Qo'qon-1912ni naqd 6 ochkoga ortda qoldirishdi.
Butun mavsum davomida stadionga tashrif buyurgan va sevimli futbolchilarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab turgan fidoiy muxlislar so'nggi tur uchrashuviga ham bayramona ruhda tashrif buyurishdi. Bu safar ham SHo'rtan jamoasi g'uzorliklarga g'alaba shodiyonasini taqdim etishdi va o'z hisoblariga rekord darajadagi – 77ta ochkoni yozib qo'yishdi. Navbatdagi uchrashuvda ham o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan tajribali hujumchi Viktor Klishin esa mavsumdagi 40-golini darvozaga kiritishga muvaffaq bo'ldi.  

Uchrashuv yakuniga etgach, stadionda katta bayramning nishonasi boshlab yuborildi. Har ikkala jamoa vakillari hamda hakamlar guruhi muxlislar oldida saf tortishdi. Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani hokimi, Oliy Majlis senatori, tuman futbol federaciyasi prezidenti Donaev SHomurod Xolboevich futbol bo'yicha 2014 yilgi O'zbekiston birinchiligi bahslarida muddatidan oldin - ham Oliy liga yo'llanmasi, ham musobaqa chempionligini qo'lga kiritgan SHo'rtan jamoasi, klub rahbariyati, xodimlar, murabbiylar guruhi, futbolchilar va muxlislarni qutladi. G'uzor jamoasi mamlakat futbolida o'z o'rni va obro'siga ega ekanligini takidlagan SH.Donaev, yangi – 2015 yilgi futbol mavsumida ham SHo'rtan jamoasining oldiga kuchlilar safida chiroyli va mazmunli o'yinlar namoyish etib, ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritib, muxlislarni quvontirish kabi maqsadlar qo'yilganligini aytib o'tdi.

SHundan so'ng, SHo'rtanni 2014 yilgi futbol mavsumida katta g'alabaga etaklab kelgan bosh murabbiy Muxtor Qurbonov, shuningdek boshqaruv va tashkiliy ishlarda jonbozlik ko'rsatgan klub Bosh direktori Oblayor Rasulovlar o'zbekona urf-odatlarimizga ko'ra G'uzor tumani hokimligining qimmatbaho sovg'alari – zarbof to'n, belbog' va do'ppi bilan taqdirlanishdi.

Har ikkala jamoa sardorlari esa davlatimiz madhiyasi sadosi ostida 2014 yilgi birinchilik bayrog'ini tushirishdi.

Biz yuqoridagi maqolamizga STADIONDA BOSHLANGAN BAYRAM, HALI DAVOM ETADI sarlavhasini bejizga tanlamadik. Gap shundaki, 2014 yilgi O'zbekiston birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritgan jamoamiz azolarini munosib taqdirlash va ularga bayram dasturxoni tashkil qilish klub rahbariyatining rejasida bor. Demak, SHo'rtan uchun hozircha mavsum to'liq yakuniga etgan emas...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика