Shomurodov Roma safida eng yaxshi natijani qayd etmoqda
25 fev 09:50
Yangiliklar
Shomurodov Roma safida eng yaxshi natijani qayd etmoqda
Tunda Roma Moncani yirik hisobda g'alaba qozondi.
Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ushbu bahsda gol+assist qayd etdi. Shu tariqa, joriy mavsumda hamyurtimiz barcha musobaqalarda jami 757 daqiqa o'ynab, 7 ta gol yoki golli uzatma qayd etdi. O'rtacha hisobda Eldorga gol yoki golli uzatma uchun 108 daqiqa kerak bo'lmoqda.
«Roma»dagi asosiy raqobatchisi Artem Dovbik hisobida 15 ta golli natija va 2419 daqiqa o'yin vaqti bor. Ukrainalik futbolchiga aniq zarba yoki pas berish uchun 161 daqiqa kerak bo'lmoqda. Boshqa hujumchilarga kelsak, Aleksis Salemakers 153 daqiqa, Paulo Dibala — 158, Stefan El-Shaaravi — 209, Matias Sule — 302 daqiqa kerak bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar