So’nggi yangiliklar

22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7

SHomurodov, Fayzullaev va boshqalar. Bugun qaysi legionerlarimiz maydonga tushishi mumkin Yangiliklar

SHomurodov, Fayzullaev va boshqalar. Bugun qaysi legionerlarimiz maydonga tushishi mumkin

Bugun xorijda to'p tepayotgan bir nechta legionerlarimizning jamoalari navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Biz esa odatdagidek batafsil ro'yxatni taqdim qilamiz.

Rossiya chempionati, 23-tur

CSKA bugun "Fakel» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bahsda o'zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev maydonga tushish ehtimoli yuqori. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Eron chempionati, 22-tur

Bugun Eron chempionatida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar tur uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Oston O'runov jamoasi «Persepolis» bugun «Gol Gohar»ga qarshi maydonga tushsa, Doston Tursunov jamoasi «Istiqlol Xuziston» «Paykan» mehmoni bo'ladi. Har ikki bahs ham bizning vaqt bilan soat 20:30 da start oladi.

Italiya A Seriyasi, 31-tur

Terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov jamoasi bugun Italiya A Seriyasining 31-turida maydonga tushadi. Raqib — «Atalanta». Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Qozog'iston chempionati, 4-tur

Bugun «Ordabasi» ham o'z tur uchrashuvida maydonga tushadi. CHimkentliklarning ushbu turdagi raqibi — «Turon» bo'ladi. Ushbu bahsda terma jamoamiz azoligiga nomzod futbolchilar SHahboz Umarov, Jasur Yaxshiboev «Ordabasi»ga yordam berishga harakat qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

BAA chempionati, 18-tur

Aziz G'aniev jamoasi «SHabab Al Ahli« bugun chempionatning navbatdagi turini uyda o'tkazadi. Raqib «Al Jazira» bo'ladi. Uchrashuv soat 23:00 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика