So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

SHohruh Xolmatov: "Ayrim sabablarga ko'ra, boshqa jamoalarga bora olmadim" Yangiliklar

SHohruh Xolmatov: "Ayrim sabablarga ko'ra, boshqa jamoalarga bora olmadim"

Teglar :  SHohruh Xolmatov
Farg'onalik himoyachi SHohruh Xolmatov mavsumni "Nurafshon"da o'tkazdi.

Ikkinchi davrada esa u hech bir jamoa safida ko'rinish bermadi. Xo'sh, uning jamoasiz qolib ketganiga nima sabab bo'lganini aniqlash maqsadida Xolmatov bilan bog'landik.


- "Nurafshon"dan keyin boshqa jamoalardan taklif bo'lmadimi?


- "Nurafshon"dan ketganimdan keyin Pro-ligadan takliflar bo'ldi. Biroq klubda pullarim qolganligi tufayli va oilaviy sharoitimdan kelib chiqib boshqa jamoalardan tushgan takliflarga rozilik bildirmadim.

- O'yin amaliyotiga ega bo'lmaganingizi qanday izohlaysiz?


- Mavsum boshida asosiy tarkibda maydonga tushayotgandim. Keyinchalik esa bosh murabbiy almashganidan so'ng o'yin amaliyoti kamayib ketdi. SHu tariqa men zaxirada qolib ketdim.

- Klubni nima sababdan tark etdingiz?


- Aslida jamoadan ketishimga nima sabab bo'lganini "Nurafshon"da ishlagan murabbiyga bersangiz yaxshi bo'lardi. Mavsum davomida doimiy tarkibda bo'lsam-da, nima uchun maydonga tushirilmaganimga xayronman. Davron Fayzievning o'zi qolganida va unga ishonch berilganida vaziyat bunday bo'lmasdi. U yaxshi boshqarayotgan edi.

- Yozda "Andijon" ko'rigida bo'ldingiz. U erda qolmaganizga nima sabab bo'ldi?


- Bosh murabbiy taklifi bilan borgandim. Keyin bilsak, klub rahbari chetdan yangi o'yinchi taklif qilgan ekan. Bundan bosh murabbiy ham bexabar ekanligini malum qilishdi. SHu sabab "Andijon"ni tark etishga majbur bo'ldim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика