So’nggi yangiliklar

13:15"Барселона" Флик ва Шенснига янги шартнома таклиф этди  0 12:48"Наполи" Де Брюйнега қанча маош беришга тайёрлиги маълум  0 12:21Австрия ва Швейцария чемпиони "Байер" бош мураббийлигига даъвогар  0 11:57ЎФА раҳбарияти Нидерландиянинг Ўзбекистондаги элчиси билан учрашди: ПСВ вакиллари билан онлайн учрашув ташкил этилиши мумкин  1 11:32U-17 Жаҳон чемпионатига қачон қуръа ташланади?  6 11:10Абдихолиқов ва Жалолиддинов ўйнаётган "Сумқайит"да бош мураббий ишдан кетди  0 10:49Гринвудга АПЛнинг иккита гранди қизиқиш билдирмоқда  3 10:20Рафиньянинг келажаги маълум  15 09:51Еврокубоклар финалларининг бош ҳакамлари маълум қилинди  6 09:22“Уяляпман“. Аморим МЮнинг ҳозирги ўйини ҳақида фикр билдирди  15 08:53“Реал“нинг иккита асосий футболчиси учун мавсум якунланади  8 08:24“Рома“ни бошқариш учун иккита асосий номзод бор  3 07:55Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Ўзбекистон кубоги. Бугун “Пахтакор“ — “Насаф“ учрашуви бор  22 01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  32

SHohruh Ishanov: "Maydonda biz emas, hakamlar qaror chiqaradi" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Maydonda biz emas, hakamlar qaror chiqaradi"

"Andijon-SGS" jamoasi bosh murabbiyi SHohruh Ishanov Pro liga doirasida "Aral"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- "Aral" jamoasini va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Biz bir-birimizni bilgan jamoalar edik. Biz o'zaro ilk bora to'qnash kelmadik, balki to'rtinchi o'yinimiz hisoblanadi. Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rgandik. 

- Qoraqalpog'istonga etib kelish qiyin bo'lmadimi?

- Yo'q, rahbariyat tomonidan bu borada engillik yaratildi va biz samolyotda uchib keldik. Endi samolyotda qaytib ketamiz. Og'ir yo'l bosmadik. 

- Hakamlar to'g'risida nima deya olasiz?

- Ular haqda hech narsa deya olmayman. Maydonda biz emas, hakamlar qaror chiqaradi. 

- Birinchi bo'limdan so'ng vaqt cho'zish holati uchradi...

- Bu hamma jamoada uchraydi, degan fikrdaman. Albatta, raqib jamoa hisobda oldinga chiqib olgach, shu holat boshlandi. Biz o'zimizda kuch topib, hisobni tenglashtirdik. Biroq yakunga kam vaqt qolganda, hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi va raqib jamoa buni aniq amalga oshirdi. Umuman olganda, o'yin yaxshi ruhda o'tdi. Endilikda kelgusi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Maydon holati haqida...

- Maydon holati yaxshi, bunday maydonda o'ynaganmiz. SHu bois, etirozim yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика