So’nggi yangiliklar

22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  2 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  6 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  164 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  43 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  27 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8

SHohmalik Komilov: "Nasaf"ga kuchli bo'lib qaytaman" Yangiliklar

SHohmalik Komilov: "Nasaf"ga kuchli bo'lib qaytaman"

Qarshining "Nasaf" jamoasidan qishki transferlar oynasida ikki nafar futbolchi SHohmalik Komilov va Jo'rabek Mannonov ijara asosida "Dinamo"ga o'tishdi.

Bundan maqsad ularning muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lishidir. Ushbu so'zimizni yarim himoyachi SHohmalik Komilov ham tasdiqlagan holda yana qo'shimcha qildi. 


"O'zim ham shunday o'ylayman. Ro'ziqul akani oldilariga kirganimda qo'llab-quvvatlagan holda yaxshi formada qaytishimni takidladilar. Nasib qilsa, "Nasaf"ga yanada kuchli bo'lib qaytaman. "Dinamo"ga o'ynash uchun keldim. Xudo xohlasa, yangi mavsumni Samarqandda boshlayman",- deya gap boshladi futbolchi.  

- "Ajdarlar" bilan o'tgan 2021 yilgi mavsumdan qanday taassurotlar qoldi?

- OFK kubogida yomon ishtirok etmadik. Hammasi o'z qo'limizda edi. Yakunda O'zbekiston kubogida g'olib chiqib muxlislarimizga sovrin taqdim qildik. 

- "Nasaf"da faqat bitta murabbiy qo'l ostida o'ynadingiz. Ro'ziqul Berdievni talablari, falsafasini tushunib olgansiz. "Dinamo"da Predrag Rogan xorijlik murabbiy hisoblanadi. Uning ko'rsatmalarida qanday tafovut sezyapsiz?

- Ko'proq himoyani tartibga keltirish ustida ishlayapmiz. To'pni olidirib qo'ygan joyimizda kurashni boshlashimiz kerakligini aytyapti. Bunday ko'rsatma hamma murabbiylarda bo'ladi, deb o'ylayman. Predrag Rogan tartib-intizomga juda qattiq qaraydi. Mayda narsalarni etiborsiz qoldirmaydi. Har bir o'yinda yuz foiz kuchimizni sarflashimiz lozim. Rasmiymi yoki o'rtoqlik buning farqi yo'q. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar maydonga bor narsamizni tashlashimizni talab qilyapti.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика