So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

SHohid Tillaboev: “Istiqlol”ning yuridik manzili Pskentga ko'chirildi” Yangiliklar

SHohid Tillaboev: “Istiqlol”ning yuridik manzili Pskentga ko'chirildi”

O'zbekiston birinchiligi azosi hisoblangan "Istiqlol" jamoasining rasmiy sayti klubning bundan buyon Toshkent viloyati Pskent tumani nomidan ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.
Jamoadagi bunday o'zgarishga oydinlik kiritish maqsadida "Istiqlol" vice-prezidenti SHohid Tillaboevni ofisimizga taklif qildik.

- Nima uchun "Istiqlol" Pskent tumani nomidan musobaqalarda ishtirok etadi? Vaholanki, jamoa shu kunga qadar Toshkent shahri nomidan qatnashar edi.
- "Istiqlol" jamoasining rejalari katta, lekin bunga shunchaki erishib bo'lmaydi. Hozirgi futbolda moliyaviy jihat birinchi o'rinda turadi. Aynan moddiy ahvolga qarab jamoa va rejalarni tuzasiz.O'tgan mavsumni mahalliy kichik homiylar bilan tugatishga muvaffaq bo'ldik. Jamoamiz tuzilgandayoq davlat tashkilotlaridan birini klubga biriktirib qo'yish harakatida edik. Ammo, bu jarayon sekin rivojlandi.



Yil oxiriga kelib esa Vazirlar Mahkamasi bu holatni amalga tatbiq etdi. Birinchi ligada Toshkent viloyatidan jamoa yo'qligini inobatga olib, u erdagi muxlislarni ham hursand qilish maqsadida poytaxtdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Toshkent viloyati Pskent tumanidagi stadionda uy uchrashuvlarimizni o'tkazishimizni so'rashdi. SHu tariqa, jamoa endi barcha musobaqalarda Pskent tumani nomidan ishtirok etadi.

- Demak, klub mavsumni Pskentda boshlaydi?
- Aslida mavsumni Pskentda boshlamoqchi edik. Ammo, u erda hozir maydon chimi talabga javob bermaydi. SHuning uchun birinchi davrani "To'qimachi" stadionida o'tkazishimiz mumkin. Agar jamoa birinchi davrani "To'qimachi"da o'tkazadigan bo'lsa, har bir uy uchrashuviga Pskentdan keladigan muxlislar uchun alohida avtobus tashkil etish rejamizda bor.



Yana bir jihat, Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatida ham futbolni rivojlantirish, u erga ham katta futbol havosini olib kirish maqsadida jamoaga xomiylik qilishni ma'qul ko'rdi va klub oldiga oliy ligaga chiqishni vazifa qilib qo'yishlarini takidlashdi. SHunga yarasha, oliy ligaga chiqish uchun moddiy jihatdan yordam berishni vada qilishdi.

- Jamoaning yuridik manzili Pskentga ko'chgandan so'ng, klubda shunga qarab harakatlar olib borilmoqdami?
- Darhaqiqat, "Istiqlol" jamoasining yuridik manzili Pskent tumaniga ko'chirilgan va bu haqidagi kerakli hujjatlar O'zbekiston futbol federaciyasiga topshirilgan.



- Unday bo'lsa, nima uchun hozir ham jamoa Toshkent shahri nomidan yuritilmoqda?
- Yaqin kunlar ichida klub logotipi o'zgartirilishi lozim, yangi logotip ishlab chiqilgach jamoa to'liq Pskentning "Istiqlol" klubi deb etirof etiladi.

- Birinchi ligadagi o'rtamiyona jamoaning bir yillik byudjeti qancha?
- Futbolchilarning maoshi, mukofot pullari, safar harajatlari, mashg'ulotlar jarayoni, o'yinchilarning to'liq va to'g'ri oziqlanishi, xullas, barcha harajatlarni qo'shganda taxminan 700 million so'm mablag' evaziga birinchi ligadagi o'rtamiyona jamoani moliyalashtirish mumkin.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика