So’nggi yangiliklar

22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  5 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  77 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  2 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4

SHin Tae Yong: "Pley-off haqida o'ylamayapmiz" Yangiliklar

SHin Tae Yong: "Pley-off haqida o'ylamayapmiz"

O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan oldin mehmonlar ustozi SHin Tae Yong matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Unga futbolchi Son Xen Min hamrohlik qildi.

- Toshkentga kelgach jamoa o'zini qanday his qilmoqda?

SHin Tae Yong: - O'FFga rahmat aytamiz. O'zimizni yaxshi his qilayapmiz. Koreys oshxonasiga ham gap bo'lishi mumkin emas. Kunduzi issiq, kechqurun esa ajoyib havo hukmron bo'lmoqda.


- Jamoadagi muhit qanday?

Son Xen Min: - O'zbek jamoalariga qarshi bir necha marta o'ynaganman. Ularga qarshi o'ynash tajribasi bor.

- Xitoy bilan o'yinda O'zbekistonga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Ushbu savolga javob bersam raqib bosh murrabbiyiga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi.

- Agar ertaga O'zbekiston g'alaba qozonsa Koreya pley-offda o'ynashi mumkin. Bunga tayyormisizlar?

- Bu haqda umuman o'ylamayapman. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish. Hozircha raqibdan ko'ra ko'proq ochkoga egamiz. Demak ustunlik biz tomonda.


Son Xen Min: - Ertaga bosh murabbiy meni maydonga tushiradimi yoki yo'qmi bilmayman. Eng muhimi jamoamizning g'alabasi bo'ladi.

SHin Tae Yong: - Eron bilan o'yinda yaxshi imkoniyatga ega edik. Afsuski o'shanda yuta olmadik. Endi ertaga yutishimiz talab etiladi. Babayan bilan yaxshi tanishmiz. Uni va O'zbekiston terma jamoasini hurmat qilaman.

Siz O'zbekiston bilan bir necha marta o'yinlarda maydonga tushgansiz. Ulardan qaysi biri siz uchun eng qiyini bo'lgandi?

Son Xen Min - Bitta o'yinni alohida ko'rsata olmayman. Doim bu jamoaga qarshi og'ir o'yinlar bo'lgan. Menimcha ertaga ham shunday bo'ladi.

- Siz ertaga yutishni istayman dedingiz. Ammo bu bosqichda hali jamoangiz safarda yutmadi. Nimaga ishonib bunday deyapsiz?

- Yutish uchun men keldim (kuladi).


Narzulla Saydullaev

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика