SHerzod Nasrullaev: "Paxtakor", "Navbahor" va OKMKlarni mag'lub etganimiz bizga chempionlik ruhini taqdim etdi"
10 noy 2024 00:31
Yangiliklar
SHerzod Nasrullaev: "Paxtakor", "Navbahor" va OKMKlarni mag'lub etganimiz bizga chempionlik ruhini taqdim etdi"
- CHempionlikni nishonlayapsizlar, dastlabki hissiyotlaringiz bilan bo'lishsangiz?
- Birinchi marotaba chempion bo'lishimiz. Bu albatta yoqimli.
- O'zbekiston Kubogini bir necha marotaba qo'lga kiritgansizlar. Superligada birinchi marotaba chempion bo'ldingiz. Superligada g'olibligini qo'lga kiritish qanday bo'ldi?
- Bu "Nasaf" tarixida bo'lmagan voqeiylik edi. Buning o'rni juda katta.
- Muxlislar haqida qanday fikrdasiz?
- Bugun mag'lub bo'ldik, lekin bor kuchimiz bilan o'ynadik. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi.
- Siz uchun mavsumdagi eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?
- Biz uchun so'nggi o'yinlarning barchasi qiyin kechmoqda. Ayniqsa, chempionlikni qo'lga kiritib bo'lganimizdan so'ng. Mavsum yakunlanishidan ancha oldin "Paxtakor", "Navbahor" va OKMKlarni mag'lub etgandik. O'sha bahslar bizga chempionlik ruhini taqdim etdi.
- "Al Husseyn"ga qarshi bahsda raqib futbolchisining sochidan tortdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Hazil tariqasida shunday qilgandim(kuladi).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar