So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

SHerzod Jalilov: “Farg'onaga g'alaba uchun keldik” Yangiliklar

SHerzod Jalilov: “Farg'onaga g'alaba uchun keldik”

Oliy liganing 22-turida “So'g'diyona” “Neftchi” ga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu bahs oldidan jamoamiz himoyachisi,ko'plab jizzaxlik muxlislarning olqishlarga sazovor bo'lgan SHerzod Jalilov bilan suhbat qilishga qaror qildik.

SHerzod,avvalambor futbolga qanday kirib kelgansiz va murabbiylaringiz kim bo'lgan?

-  Futbolga 10 yoshimda kirib keldim. Birinchi murabbiyim Ahmadjon Sagdiev bo'lganlar va ularni mehnatlari tufayli ko'p zafarlarga erishdim. 2008 yilda “Bunyodkor” o'rinbosarlari tarkibiga chaqirildim. Hikmat Ergashev qo'l ostida futbolning ko'pgina  sir asrorlarini o'rgandim. Ularga katta rahmat aytaman.

“Obod” tarkibida ko'p yillar davomida to'p tepdingiz. SHuncha yil o'tib, bu klubdan ketish qiyin bo'lmadimi?


-“Obod”dan ketish juda qiyin bo'ldi. CHunki,bu klubni ikkinchi ligadan oliy ligaga olib chiqdik. Buning o'zi bo'lmadi. Moliyaviy sharoitlar tufayli jamoa so'nggi pog'onalarda bormoqda. Andrey Demchenko qisqa vaqt ichida jamoada o'zgarishlar qildi. Jamoa ancha shakillandi. O'ylaymanki,jamoaning g'alabalari hali oldinda. “Obod” oliy ligada qolishini juda xoxlayman va jamoa buni uddalaydi degan umiddaman. “Obod” ning keyingi o'yinlariga omad tilayman.


“So'g'diyona”ga kelishingiz qanday bo'lgan va jamoaga kelib, o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?

-Jamoaga birinchi davra tugamasidan oldin Davron Fayziev chaqirgan edi. Bu taklifni xech ikkilanmasdan qabul qildim. Jamoadoshlarim meni yaxshi kutib oldi. Boshida ko'nikish qiyin bo'ldi. Hozirda jamoa bilan bir oiladekmiz. “So'g'diyona”ga kelib,jamoa bilan birgalikda g'alabalarga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Yutuqlarga erishib,eng avvalo yanada o'smoqchiman.

Oliy liganing 22-turida “So'g'diyona” safarda “Neftchi” mehmoni bo'ladi. O'yin borasida qanday fikrdasiz?

-“Qizilqum” bilan durangdan so'ng g'alaba biz uchun zarur. Bu onson bo'lmaydi albatta. Farg'onaga g'alaba uchun keldik. Xudo xoxlasa,3 ochkoni qo'lga kiritib muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddamiz. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi.

Jizzaxlik muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

-Bizni g'alabali va mag'lubiyatli o'yinlardan so'ng birdek qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. SHu muhlislar bor ekan biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Xudo xoxlasa ularni  o'z g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz.


So'g'diyona matbuot  kotibi Dildora Xolboeva

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика