So’nggi yangiliklar

16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  0 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  7 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  8 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1

SHerzod Azamov: "Futbolda mag'lub etib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q" Yangiliklar

SHerzod Azamov: "Futbolda mag'lub etib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q"

Teglar :  SHerzod AzamovNasaf
"Nasaf"ga "Qo'qon-1912" jamoasi ustidan g'alaba keltirgan gol muallifiga aylangan SHerzod Azamov o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- "Qo'qon-1912" yaxshi, shakllanib borayotgan jamoa. Bu raqibga qarshi uchrashuv oson bo'lmasligini bilardik. Artur Gevorkyan maydondan chetlatilganidan so'ng o'yin biz uchun yanada og'irroq tus oldi. "Qo'qon-1912" jamoasi Qarshida ortiqcha bosimsiz o'ynadi va yaxshi himoyalandi. SHunga qaramay muhim uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Gol urganim albatta quvonarli hol. Har bir futbolchining ishi imkon qadar jamoasiga yordam berish. Kiritgan golim nafaqat meni, balki butun jamoamizning mehnati sanaladi. Umuman bellashuvda gol urish uchun yanada imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo boshqa gol urish nasib etmadi.

Bizni oldinda "Al Ayn"ga qarshi kechadigan juda muhim bahs kutib turibdi. O'ylaymanki, bu uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimiz ishonchini oqlaymiz. Futbolda mag'lub etib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q. SHunday ekan, bo'lajak bahsda bor kuch-g'ayratimizni sarf etamiz. Bu o'yinda men ishtirok etolmasligim tabiiyki yoqimsiz holat men uchun. Ammo Ildar Mamatkazin va Maqsud Karimov jamoamiz himoya qo'rg'onida ishonchli o'ynashadi. Bundan ko'nglim to'q.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика