“SHaxtyor” Mudrik uchun 100 mln evro so'ramoqda
17 noy 2022 15:10
Yangiliklar
“SHaxtyor” Mudrik uchun 100 mln evro so'ramoqda
Doneck klubi azosi Mixail Mudrik qishki transferlar oynasida eng ko'p qiziqishlarga sabab bo'lishi hozirdan ko'zga tashlanmoqda.
21 yoshli ukrainalik futbolchiga yozgi oynada “Brentford”, “Everton” va “Bayer” Leverkuzen kabi jamoalar og'iz solgan edi. Biroq uning joriy mavsumdagi harakatlari bir qator top-klublarning etiborini tortdi. “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Nyukasl” va PSJ ayni paytda jiddiy raqobatga kirishgan.
Mudrik klub vakillarining aytishicha, o'z poziciyasida faqat PSJ azosi Killian Mbappe va “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniordan ortda. SHuning uchun uning transferi arzon bo'lmasligi kerak, deyishmoqda ular.
Mudrik ushbu mavsumda Ukraina chempionatida 10 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 asist qayd etdi. U joriy mavsumda CHempionlar Ligasida porlagan o'yinchilardan biri bo'ldi va 3 gol urib, 2 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar