So’nggi yangiliklar

01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23

SHaxsiy blogi yo'q shaxslarning blogerlar tanlovida ishtirok etish tartibi haqida Yangiliklar

SHaxsiy blogi yo'q shaxslarning blogerlar tanlovida ishtirok etish tartibi haqida

21 mart – Navro'z bayrami kunidan boshlab, umumiy sovrin jamg'armasi salkam 10 million so'm bo'lgan o'zbek blogerlari o'rtasidagi chempionatga start berilishidan xabaringiz bor bo'lsa kerak degan umiddaman.
Kuni kecha ushbu chempionat o'tkaziladigan sayt manzili haqida malumot bergan edim – http://blog.telegraf.uz/

Bugun boshqa masala haqida tushuntirish bermoqchiman. Juda ko'pchilik tomonidan berilayotgan bir savol bor:

Mening shaxsiy blogim yo'q, tanlovda qatnasha olamanmi? Buning tartibi qanday bo'ladi?

Hozir ushbu savollarga javob berib o'tsam.

Avval takidlaganimdek, tanlov barcha uchun ochiq bo'lib, unda shaxsiy blog yuritmaydiganlar ham bemalol ishtirok eta oladi. Buning tartibi quyidagicha bo'ladi:

O'zining shaxsiy blogiga ega bo'lmagan, lekin o'z fikrlari, dunyoqarashi bilan o'rtoqlashishni istagan shaxslarning tanlovda qatnashish tartibi juda oddiy. SHunchaki, o'zlarining yozgan blogpostlari matnini (matn ko'rinishida yoki Microsoft Word faylida) uzblogerlar@gmail.com  elektron manziliga yuborish orqali tashkilotchilarga taqdim qilsa kifoya.

Yuborilgan blogpostlar Fikr.uz saytida Blogerlar chempionati umumiy rukni ostida muallifi ko'rsatilgan holda chop etiladi. Bunda bizga hamkorimiz UzInfoCom markazi yaqindan ko'mak bermoqda. Batafsil

Bugun Fikr.uz saytida ushbu maxsus bo'lim ishga tushdi.



Fikr.uz saytidan skrinshot

O'zining shaxsiy blogiga ega bo'lmasdan tanlovda ishtirok etayotgan shaxslar shaxsiy blogi mavjud bo'lgan ishtirokchilar bilan bir xil huquqqa ega.

SHuningdek, yana bir narsaga etiborni qaratishingizni so'rar edim. Yozgan bloglari o'zining shaxsiy sahifasida emas, balki boshqa elektron OAV yoki saytlarning bloglarida chop etilgan shaxslar ham tanlovda qatnashishi mumkin. Masalan, futbol mavzusida Championat.asia, Stadion.uz, Uff.uz saytlaridagi bloglarda yoki biron axborot saytlari bloglarida va h.k.

Eslatib o'taman, O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining homiyligida tashkillashtirilayotgan mazkur blogerlar chempionatining umumiy sovrin jamg'armasi 10 million so'mga yaqin bo'lib, unga ko'ra asosiy mukofotlar quyidagilarni tashkil qiladi:

1-o'rin: 4 million so'm;

2-o'rin: 2 million so'm;

3-o'rin: 1 million so'm.

SHuningdek, bir qator nominaciyalar bo'yicha qimmatbaho sovrinlar elon qilingan.

Tanlovning to'liq qoidalari tez orada elon qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика