SHavkat Saidov: "Olmaliq"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman"
19 may 2017 09:29
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Olmaliq"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman"
- "Bugungi uchrashuv ancha qizg'in va kurashlarga boy o'tdi. Buni hakam tomonidan ko'rsatilgan ogohlantirishlar sonidan ham bilish mumkin. Maydonning har qarichi uchun kurash bo'ldi. Birinchi taymda gol urish imkoniyatimiz bo'ldi. Biroq vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsadik. O'yinning ikkinchi qismida mezbonlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ularni haqli g'alaba bilan tabriklayman.
Jamoa tarkibida etarlicha raqobat bor. "Olmaliq"ni o'yin uslubini o'rgangan holda bugun darvozamizni bo'ydor posbon Sultonovga ishonib topshirdik. SHuningdek, katta tajribaga ega Davron Karimqulovni ham asosiy tarkibga tushirdik. O'tgan o'yinda chap qanot himoyasida yosh futbolchi Toshqo'ziev harakat qilgandi. Tarkibdagi o'zgarishlar tez orada ijobiy natija berishiga ishonamiz", - deydi Saidov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar