So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

SHavkat Saidov: "Navbahor"ning oliy ligada qolishini barcha bekobodliklar, “Metallurg” klubi chin dildan xohlaydi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Navbahor"ning oliy ligada qolishini barcha bekobodliklar, “Metallurg” klubi chin dildan xohlaydi"

“Metallurg” – “Navbahor” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidovning uchrashuv haqidagi fikrlarini so'radik.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: Bugun chiroyli, hujumkor futbol namoyish etdik. Yirik g'alaba uchun barcha futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'lib o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan farqli o'laroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Butun o'yin davomida hujumkor futbol namoyish etishdi va Bekobod ahlini xursand etishdi.

“Navbahor” shonli tarixga ega, mamlakatimizning etakchi klublaridan biri bo'lib kelgan. Bu jamoaning oliy ligada o'z o'rni, mavqeini saqlab qolishini biz – barcha bekobodliklar, “Metallurg” futbol klubi vakillari chin dildan xohlaymiz. Bugun ular uchrashuvni juda faol boshlashgandi. Ammo ayni paytda jamoaning egallab turgan mavqei o'yinchilarning psixologiyasiga qattiq tasir ko'rsatganligi sezilib turdi. Boshlagan ishlarini oxirigacha etkaza olishmadi. CHiziqlardagi uzilishlardan, bo'shliqlardan esa biz unumli foydalandik. Birinchi taymning o'zidayoq yirik hisob qayd etilganidan keyin esa “Navbahor” qarshilikni to'xtatdi. Keyingi uchrashuvlarda “Navbahor”ga omad tilayman, deydi SHavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика