So’nggi yangiliklar

19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  4 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2

SHavkat Saidov: "Metallurg”ning barcha o'yinchilari o'zlarining optimal formasiga kirishgan" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Metallurg”ning barcha o'yinchilari o'zlarining optimal formasiga kirishgan"

"SHo'rtan" va "Metallurg" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar jamoasi boshlig'i o'z fikrlarini bildirdi.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: O'yinning belgilangan vaqtidan kechroq boshlanishi mezbonlar o'yinchilariga salbiy tasir ko'rsatdi nazarimda.

Sportda “peregoreli” – “yonib bo'lishdi” degan ibora bor-u, shunga o'xshash holat kuzatildi. Bizning futbolchilarimiz esa murabbiylarning ko'rsatmalarini aniq, bekamu-ko'st bajarishdi.

Maydon egalarining dastlabki tazyiqini bartaraf etganimizdan keyin to'p nazoratini qo'lga oldik. Mezbonlarni to'psiz qoldirishimiz ularning o'yiniga salbiy tasir ko'rsatdi. Birinchi taym tugab borayotganda jamoamiz to'purari SHahzodbek Nurmatov o'zini ko'rsatdi. SHuni aytish kerak, bugungi kunda “Metallurg”ning barcha o'yinchilari o'zlarining optimal formasiga kirishgan.

Bu “SHo'rtan”ga qarshi o'yinda ham yaqqol namoyon bo'ldi. Jismoniy tayyorgarligimizning yuqoriligi, futbolchilar ruhiyatining ko'tarinkiligi yirik g'alabamiz omili bo'ldi. Bizni mavsum davomida qo'llab quvvatlab turgan barcha insonlarga, fidoyi muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi davrada ham chiroyli, mazmunli o'yinlarimiz bilan ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика