So’nggi yangiliklar

19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  0 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0

SHamil Yarulin: Oleksandr Koblash Nasaf bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

SHamil Yarulin: Oleksandr Koblash Nasaf bilan shartnoma imzoladi

Avvalroq Oleksandr Koblashga Nasaf murabbiylari qiziqish bildirayotgani haqida futbol yangiliklarini yoritayotgan OAVlari xabar tarqatgan edi.
Bu aslida rost bo'lib chiqdi.

Bunga oydinlik kiritish uchun, Nasaf futbol klubining bosh menedjeri SHamil Samigulovich Yarulinga saytimiz nomidan murojaat qildik.

SHamil Samigulovich, o'tgan mavsumda Jizzaxning So'g'diyona jamoasida faoliyat olib borgan ukrainalik legioner Oleksandr Koblash bugundan ajdarlarning to'laqonli azosiga aylanganini va ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolanganini tasdiqladi.

Koblash Oleksandr Gennadievich
Tug'ilgan sanasi:
4 sentyabr 1989 yil (25 yosh)
Bo'yi: 184 sm
Fuqaroligi: Ukraina
Amplua: Hujumchi
So'nggi jamoasi: Gelios, So'g'diyona

Bugun Nasaf PFK rahbariyati ushbu futbolchi shartnoma imzolagan. SHuningdek SHamil Samigulovichning bildirishicha, jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha selekciya ishlari yana davom ettiriladi. Yana kamida ikki yoki uch nafar yuqori saviyadagi futbolchilar jamoa safiga qo'shib olinadi. Klubni bu borada moliyaviy qo'llab-quvvatlashga, bosh homiy - SHo'rtangazximyo majmuasi rahbariyati ham tayyor.

SHuningdek SHamil Samigulovich kelasi masumda muxlislar jamoadan katta natijalarni kutishayotganini bilishini ham aytdi: Oldimizda milliy chempionat va kubok o'yinlaridan tashqari qitamizning eng nufuzli musobaqasi - Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi turibdi, biz hech bir raqibni kuchsiz deya olmaymiz. SHunday ekan bunga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislar oldida yuzimiz yoro'g' bo'lishini hohlaymiz. Buning uchun bor imkoniyatimiz va kuchimizdan foydalanamiz, axir biz endi xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini ham himoya qilamiz. Zimmamizga shunday sharafli masuliyat tushgan ekan - buni albatta oqlashga harakat qilamiz, - deydi SHamil Samigulovich.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика