So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  7 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

SHamil Iseev: "Talablar o'zbek futbolining rivojlanishiga xizmat qiladi" Yangiliklar

SHamil Iseev: "Talablar o'zbek futbolining rivojlanishiga xizmat qiladi"

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

SHuni ham alohida takidlash kerakki, klub futbolchilarini O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan bu kabi test-sinovlaridan o'tkazilishi o'zbek futbolida ilk marta amalga oshirilmoqda.

Mazkur test-sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Federaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev hamda professor Rahmon Nurimov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tasdiqlangan reja asosida mavsum davomida uch marotaba o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda Superligada ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan normativlarni qabul qilib olayotgan professor SHamil Iseev klublar oldiga qo'yilgan talablar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston futbol federaciyasi mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqilgach, umumiy ahvol qoniqarsiz deb topildi. Futbolchilarning jismoniy holati 90 daqiqa yuqori tempda to'p surishga yaramaydi. Bu esa o'z o'rnida terma jamoalarimizga xalqaro uchrashuvlarda pand bermoqda. O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Xalqimiz uzoq vaqtdan beri terma jamoamizdan Jahon chempionati yo'llanmasini kutyapti.

Bu safar ham JCH yo'llanmasi orzuligicha qoldi. Mana shunday salbiy holatlarni bartaraf etish, milliy terma jamoalarimizga jismoniy jihatdan kuchli futbolchilarni tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi futbolchilardan  normativlar qabul qilmoqda.


Ushbu normativlar birinchi navbatda klublar murabbiylari uchun yordam. Biz har har bir futbolchining jismoni holatini tekshirib, klub bosh murabbiyiga natijalarni taqdim qilmoqdamiz.

Normativlarni topshira olmayotgan futbolchilar uchun  murabbiylar individual tarzda dastur ishlab chiqib, ana shu dastur asosida mashg'ulotlarni belgilab berishadi.

Fevral oyida futbolchilardan yana bir marta normativlar qabul qilinadi. Test-sinovlaridan o'ta olmagan futbolchilar Superligada ishtirok eta olmaydi.

Normativlar haqida

Milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar futbolchilaridan olinayotgan normativlar 4ta bosqichdan iborat.

1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. "Yo-Yo" test

30 metrga yugurish.

Bu holatda futbolchilar 30 metr masofaga belgilangan vaqt oralig'ida yugurishlari kerak bo'ladi. Bunda futbolchilarning tezligi sinovdan o'tkaziladi. Barchaga yaxshi malum, tezkorlik zamonaviy futbolning eng asosiy talablaridan biri. Ayniqsa, hujumchilar uchun tezlik birinchi o'rinda turadi.

Uzunlikka sakrash.

Uzunliikka sakrash orqali futbolchilarning jismoniy kuchi tekshiriladi. Ayniqsa, darvozabonlar uchun bu juda kerak. Futbolchilar belgilangan uzunlikka sakrashlari kerak

7 marta 50 metrga yugurish.

Bunda futbolchilarning tezligi va chidamkorligi sinovdan o'tadi. Futbolchilar 50 metr masofaga yugurib, yana ortga qaytishadi. Bu holat 7 marta takrorlanadi.

«Yo-Yo» test

Bunday normativ Evropa klublarida ham mavjud bo'lib, futbolchilar 20 metr masofaga signal bo'yicha yugurishadi. Bunda tezkorlik, diqqatni jamlash, jismoniy kuch sinovdan o'tadi.

Barcha normativlar zamonaviy texnologiyalar yordamida olinayotganini ham takidlab o'tish kerak. Maxsus elektron xronometrlar futbolchilarning harakatini fiksaciya qilib, aniq  natijalarni chiqarib bermoqda.

Ayni paytda “Olmaliq”, “Mashal”, “Navbahor”, “Qo'qon”, “Cementchi” klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Qolgan jamoalar quyidagi jadval asosida normativlar topshirishadi:

"Metallurg" - 25.12.2017
"Buxoro" - 25.12.2017
"Paxtakor" - 26.12.2017
"Bunyodkor" - 26.12.2017
"Qizilqum" - 27.12.2017
"Nasaf" - 28.12.2017
"Lokomotiv" - 29.12.2017

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика