So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  1 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  8 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

SHahzodbek Nurmatov: "SHo'rtan"ni safarda yirik hisobda yutishimizni kutmagandim Yangiliklar

SHahzodbek Nurmatov: "SHo'rtan"ni safarda yirik hisobda yutishimizni kutmagandim

"Metallurg"ning to'purar hujumchisi SHahzodbek Nurmatov 15-tur yakuniga ko'ra, ramziy terma jamoadan o'rin egalladi.

O'yindan so'ng 24 yoshli hujumchi bilan suhbatlashdik.

- SHahzodbek, avvalo "SHo'rtan" bilan kechgan o'yinda qozonilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Bahsda g'alaba qozonishimizga ishongandim. Lekin bu darajada yirik hisobda yutishiimizni kutmagandim. Uchrashuv yaxshi kechdi. Birinchi bo'limda hisobni ochganimiz foydamizga ishladi. Ikkinchi taymda esa yana ikkita to'p kiritib, ishonchli g'alabaga erishdik.

- Nimani hisobiga g'alaba qozondinglar? 

- Jamoaviy o'yin va yuqori ishtiyoq evaziga. Ko'z tegmasin jamoamiz o'yinida turdan-turga o'sish kuzatildi. 

- "SHo'rtan" tarkibida ham mahoratli futbolchilar talaygina. Bu raqibning o'yini haqida nima deysiz?

- Menimcha o'tgan turdagi mag'lubiyat ularga ruxan tasir o'tkazgan ko'rinadi. Lekin o'yini yomon emas.

- "Metallurg" birinchi davrani ko'tarinki ruhda yakunladi. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Ha, albatta. Hozircha turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibmiz. Birinchi davrada kerakli ochkolarni jamg'ara oldik. Endi ikkinchi davrada ham muxlislarimizni yanada xursand qilishga urinamiz. 

- O'zingizni faoliyatingizdan qoniqish xosil qilyapsizmi?

- Ha. SHu ortda qolgan iyun juda ham muvaffaqiyatli o'tdi deya olaman. Ikkinchi davrada ham bekobodliklar safida qolmoqchiman. 

Islombek Rustambekov.   

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика